So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Ilhom Mo'minjonov: "Mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, hayot davom etadi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, hayot davom etadi"

"Olmaliq" bilan uchrashuvdan so'ng "Navbahor" bosh murabiyi Ilhom Mo'minjonov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

 - O'zinglar ko'rganlaringdek, bugun jangovor o'yin bo'ldi. Uchrashuv davomida «Olmaliq» futbolchilari yuzaga keltirilgan vaziyatlardan samarali tarzda foydalanib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Aksincha futbolchilarimiz imkoniyatlarni golga aylantira olishmadi. Omad bugun bizga kulib boqmadi. Agarda Oston O'runov bahs oxirlarida gol urganida yakuniy natija durang bo'lishi mumkin edi. Umuman olganda «Olmaliq» jamoasi haqli ravishda g'alabaga erishdi. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, hayot davom etadi. Xato va kamchiliklardan xulosa qilib, izlanishda davom etamiz. SHuningdek, chempionatning so'nggi uchrashuviga jiddiy tarzda hozirlik ko'ramiz.

- Uchrashuv oldidan tarkibda yo'qotishlar yo'qmidi?
- Ayni paytda ikki nafar futbolchimiz – Oybek Qilichev va Mirzohid G'ofurovlar jamoaga yordam bera olishmayapti. Qilichev diskvalifikaciya qilingan bo'lsa, G'ofurov jarohat tufayli oldingi o'yinlarni ham o'tkazib yuborishga majbur bo'lgandi. Umuman olganda chempionat boshida ham jamoamizda raqobat kuchli ekanligi haqida aytib o'tganman. SHu sababli ixtiyorimizda mavjud bo'lgan o'yinchilar yuqorida nomlari qayd etilgan futbolchilarni yo'qligini bilintirishmayapti.


"Navbahor" matbuot xizmati


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика