"Navbahor"ga FIFA taqiqi qo'yilgan. Klub ayni damda yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi
15 iyu 20:35
Yangiliklar


"Navbahor"ga FIFA taqiqi qo'yilgan. Klub ayni damda yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi
Klubda FIFA taqiqi bor.
Namanganning "Navbahor" klubiga FIFA taqiqi qo'yilgan. 27 may kuni FIFA klubga nisbatan sankciya qo'llagan. "Navbahor" vaziyatni o'nglamaydigan bo'lsa, ikkinchi davra oralig'ida yangi futbolilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'z telegram kanalida xabar berdi.
"Navbahor" muxlislari juda ko'p so'rashmoqda. Klub yozda kimlarni olmoqchi deb.
Mendagi malumotga ko'ra, "Navbahor"da FIFAdan transfer taqiqi bor. Bu taqiq 27 may kuni qo'yilgan va 3 ta transfer oynasiga amal qiladi.
FIFA kimning arizasiga ko'ra bu taqiqni qo'ygani menga malum emas", - deb yozadi Narzulla Saydullaev o'z kanalida.
Malumot uchun, O'zbekistonda yozgi transfer oynasi 30 iyul kuni yopiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar