So’nggi yangiliklar

11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  1 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  12 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  14

Ilhom Mo'minjonov: "Mag'lubiyatda murabbiy aybdor" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Mag'lubiyatda murabbiy aybdor"

"Mashal" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'yin to'g'risida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

- Mag'lubiyatda murabbiy aybdor bo'ladi. O'ylaymanki, yigitlar yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ikkita xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmadik. "Mashal"ning 90-raqamli o'yinchisi (Zafar To'raev) men uchun uchrashuvdagi eng yaxshi hujumchi bo'ldi. U yaratilgan imkoniyatdan foydalanib, darvozamizga gol urishga muvaffaq bo'ldi. Nima bo'lgan taqdirda ham shogirdlarimga bugungi o'yin uchun raxmat aytaman. Bellashuv yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida Sardor Azimovga nisbatan muborakliklar o'z jarima maydonida yaqqol qoida buzishgandi. Bu vaziyatda hakam 100 foiz penalti belgilashi kerak edi. Ammo bu uning xatosi bo'ldi.

SHuningdek darvozamizga ham noto'g'ri penalti belgilandi. Mazkur xolatda futbolchimiz to'pga qo'li bilan teginmagandi. Aksincha to'p o'yinchining yuziga tekkan. Xatto futbolchining yuzi qonab ketgan. To'g'ri, barcha xato qilib turadi... "Mashal"da shiddat borligi ham ko'zga tashlandi. Lekin biz ham bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Xayot davom etadi. Navbatdagi uchrashuvlarga puxta tayyorlanamiz. Oldimizga klub rahbariyati o'tgan yilgi natijaga qaraganda yuqoriroq o'rinlarni egallashni vazifa etib belgilagan. Maqsadimiz - kuchli oltitalikka kirish. Ikkinchi davrada 4 turdan so'ng ilk mag'lubiyatni tan oldik. Qolgan turlarda yorqin g'alabalar bilan muxlislarni o'yingohga chorlashga harakat qilamiz.

Ro'zimboy Ahmedov uchta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi. Biroq, unda kichik jaroxat borligi tufayli u bugun zaxirada qoldirildi. O'ylaymanki, u bugun taqdim etilgan 30 daqiqalik imkoniyatda yaxshi taassurot qoldirdi. U burni singan bo'lishiga qaramay baxs so'nggigacha o'ynadi. Buning uchun unga tashakkur aytaman. Abbos Maxstalievda ham jaroxat borligi bois zaxirada qoldi. U asta-sekin jismoniy holatini tiklab bormoqda.


Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика