So’nggi yangiliklar

11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  0 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  4 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  10 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  3

Ilhom Mo'minjonov: "Lokomotiv"dek jamoadan ochko olish - biz uchun sharaf” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Lokomotiv"dek jamoadan ochko olish - biz uchun sharaf”

"Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
- Uchrashuv og'ir kechdi. Mashg'ulotlarda standart vaziyatlar ustida ko'p ishlagandik. Bugun birinchi golni aynan o'ylagan rejalarimiz orqali urganimizdan juda ham xursandman. "Lokomotiv"dek jamoadan ochko olish - biz uchun sharaf.

Olti o'yindan buyon bittadan ortiq gol ura olmayotgandik. Bugun bu noxush ananaga chek qo'ydik. Lekin, shu bilan birga ikkita gol ham o'tkazib yubordik. Raqib himoyadagi yo'l qo'ygan qo'pol xatolarimizdan so'ng gol urdi. Gollardan birida darvozabonning ham aybi borligini takidlashim zarur. Nima bo'lgan taqdirda ham yigitlarga mag'lubiyatga uchrayotgan vaziyatdan chiqishgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Qolaversa, bizni ajoyib tarzda tinmay qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham rahmat aytaman. Tablodagi hisob o'yinga mos bo'ldi deyish mumkin. G'alaba qozonish uchun nima etishmadi? Birozgina omad bizdan yuz o'girdi, deb o'ylayman. Raqib darvozasi oldida ko'plab vaziyatlarni sodir etdik. Aziz Turg'unboevning o'yini iliq taassurotlar qoldirdi. U asta-sekin asosiy tarkibdan joy olib bormoqda. Turg'unboev kelajagi porloq futbolchilar sirasiga kiradi.
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика