So’nggi yangiliklar

12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  1 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  6 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  5 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  2 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  13 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  15 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0

Ilhom Mo'minjonov: "Klubda paydo bo'lgan ayrim mutaxassislar bu futbolchilar bilan jamoa uzoqqa bormaydi deyishgan" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Klubda paydo bo'lgan ayrim mutaxassislar bu futbolchilar bilan jamoa uzoqqa bormaydi deyishgan"

"Navbahor" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan so'ng Ilhom Mo'minjonov va Azizbek Turg'unboev matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Futbolchilarim nihoyat oxirigacha o'ynash kerakligini tushunib etishdi. Jizzaxdagi alamli mag'lubiyatdan so'ng yigitlar ikki taym emas uch taym o'ynash kerakligini tushunishdi. Murabbiylar ko'rsatmasini to'liq bajarishgani uchun rahmat aytaman. Bugungi g'alaba o'sha alamli mag'lubiyatni yuvib yubordi deb o'ylayman.

Nenad Inyacning tezligi past emas. U xuddi Turg'unboev kabi 30 metrni 4 soniyada bosib o'ta oladi. Nenadning maydonda bo'lishi raqiblarga katta bosim beradi. Futbolni tushunmaydigan ayrim mutaxassislar uni tanqid qilishgandi. Mana bugun u klassini ko'rsatdi, "Lokomotiv" bilan o'yinda ham shunday bo'lgandi. 

Har bir raqibga qarab futbolchilarni tanlaymiz. Masalan, Mehmonov o'tgan turlarda maydonga tushmagandi. Bugun tushirdim va u gol urdi. Dilshod Jabborov bugungi bahs taktikasiga to'g'ri kelmadi va shu bois tushmadi. Keyingi uchrashuvda kimlar o'ynashini bilmayman.

Klubda paydo bo'lgan ayrim mutaxassislar bu futbolchilar bilan jamoa uzoqqa bormaydi deyishgan. Ammo yangi kelgan mutaxassislar yangilishishadi. Men o'zim yiqqan tarkib bilan faxrlanaman. Nasib qilsa ikkinchi davrani ham shu futbolchilar bilan o'tkazamiz", - deydi Ilhom Mo'minjonov.



"Avvalo hammani yutuq bilan tabriklayman. Bugun bizga g'alaba suv va havo kabi zarur edi. Bizni qo'llab turgan Namangan ahliga katta rahmat aytaman. Futbolga kirib kelishimga sabab dadam. Birinchi murabbiylarim Ilhom Abduqodirov va Xurshid Yuldashev. 15-sonli futbol liceyida o'qiganman", - deydi Azizbek Turg'unboev.


Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика