So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  5 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  17 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  408 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Ikrom Aliboev: “O'zimni juda yaxshi xis qilyapman” Yangiliklar

Ikrom Aliboev: “O'zimni juda yaxshi xis qilyapman”

Yakuniga etgan mavsumda “Lokomotiv” tarkibida porlab chiqqan Ikrom Aliboev mutaxassislar va muxlislar tomonidan kelajagi porloq deya etirof etilmoqda.

O'z vaqtida milliy terma jamoadan ham taklif olib, debyutini nishonlagan futbolchini yaqinda OTJ bilan BAAdagi yig'inga borishi tahmin qilingandi. Ammo futbolchi yig'inga chaqirilmadi. Buning sababini OTJ katta murabbiyi Viktor Jalilov futbolchining jaroxati bilan izohladi. SHundan so'ngi Aliboevning o'zi bilan suhbatlashdik.

- Ikrom, tatilni qanday o'tkazyapsiz?
- Yaxshi. Oilam davrasida xordik chiqarish bilan bir qatorda boshlanaj yig'inga o'zimni tayyorlab boryapman.

- Ochig'ini aytganda, ko'pchilik olimpiya terma jamoamizning BAAda o'tkazadigan yig'iniga chaqiruv olishingizni kutgandi. Ammo bunday bo'lib chiqmadi. Bu jaroxatingiz bilan bog'liqmidi?
- Yo'q. Xudoga shukur, ayni paytda o'zimni juda yaxshi xis qilyapman. Xech qanday jaroxat yo'q.

- Bunday deyishimizning boisi. Kuni-kecha Viktor Jalilov saytimizga bergan intervyusida Aliboevning yig'inga taklif etilmaganini jaroxati borligi bilan izohlagandi.
- To'g'risi, bu haqda bir narsa deyish qiyin. Yig'inga kimni taklif etishni avvalo murabbiylar hal qiladi. Albatta men ham ko'plab futbolchilar qatori har doim terma jamoadan chaqiruv bo'lishini intiqlik bilan kutaman va o'zimni ko'rsatishga urinaman. Lekin har qanday xolatda ham murabbiylarning qarorini hurmat qilib kelganman. Balki kelgusida nasib qilar.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика