So’nggi yangiliklar

23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  3 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  6 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  64

Ikkinchi liga. Xorazm viloyatida 1-tur yakunlandi Yangiliklar

Ikkinchi liga. Xorazm viloyatida 1-tur yakunlandi

Futbol bo'yicha joriy yilgi Xorazm viloyati birinchiligida 13 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Kecha  musobaqaning 1-tur o'yinlari nihoyasiga etdi. Turning qiziqarli o'yinlaridan biri Yangibozor tumanida “Yangibozor” va “Anjirchi”(Urganch tumani)  jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. Uchrashuv mezbonlar uchun kutilmagan tarzda boshlandi. Bir necha yillik tanaffusdan so'ng birinchilik o'yinlariga qo'shilgan Urganch tumani vakillari 2-daqiqada hisobni ochishdi. SHunga qaramay, maydon egalari hujumga zo'r berishdi. Natijada, yangibozorlik futbolchilar ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib hisobni 3:1 ko'rinishga keltirishdi.

“Anjirchi”lik futbol ustalari ham bo'sh kelishmadi. Qarshi hujumlarning birida, oradagi muvozanatni bir to'pga qisqartirishdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida “Yangibozor” jamoasi himoyachilaridan biri o'z darvozasini ishg'ol qilib, o'yinni 3:3 hisobida tugashini taminladi. Bog'ot tumanining “Bog'ot” jamoasi esa o'z maydonida Urganch shahrining “Namuna” jamoasiga imkoniyatni boy berdi, 3:5.

1-guruh.
“Navro'z” (Yangiariq tumani) – “Umid nihollari-2015” (Urganch shahri) - 3:2,
UrDU (Urganch shahri) – “Urganch OZK-1” (Urganch shahri)- 5:1,
“Bog'ot” (Bog'ot tumani) – “Namuna” (Urganch shahri)  - 3:5,
“Urganch OZK-2” (Urganch shahri) jamoasi bu turda dam oldi.

Guruhdagi holat:
1. UrDU - 3 ochko
2. Namuna - 3 ochko
3. Navro'z  3 ochko
4. Umid nihollari-2015 - 0 ochko
5. Bog'ot - 0 ochko
6.Urganch OZK -1  - 0 ochko
7.Urganch OZK -2  - 0 ochko

2-guruh.
“Gurlan” (Gurlan tumani) – “SHoxobod” (SHovot tumani) - 4:2,
“Yangibozor” (Yangibozor tumani) – “Anjirchi” (Urganch tumani)- 3:3,
“Dinamo” (Urganch shahri) – “Olimpiya” (Urganch shahri)  uchrashuvi malum sababga ko'ra boshqa muddatga qoldirildi.

Guruhdagi holat:
1. Gurlan - 3 ochko
2. Yangibozor - 1 ochko
3. Anjirchi - 1 ochko
4. SHoxobod - 0 ochko
5.Dinamo - 0 ochko
6.Olimpiya - 0 ochko

Mazkur musobaqada vohaning Hazorasp, Xiva, Xonqa, Qo'shko'pir tumanlaridan jamoalar ishtirok etmayapti.


Ikrom XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика