So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  100 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Ikkinchi liga: “Do'stlik-K” jamoasidan navbatdagi yirik g'alaba Yangiliklar

Ikkinchi liga: “Do'stlik-K” jamoasidan navbatdagi yirik g'alaba

Ikkinchi liga “A” guruhining 2-turidagi so'nggi bahs Kattaqo'rg'on shahrida bo'lib o'tdi.

Mavsumni omadli boshlagan “Do'stlik-K” jamoasi o'z maydonida Samarqand shahrining “Samarqand” jamoasini qabul qildi va yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu g'alabadan so'ng jamoa o'z guruhida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Etiborlisi, mazkur uchrashuvda eng ko'p tomoshabin qayd etildi. “Do'stlik-K” va “Samarqand” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni ko'rish uchun “Do'stlik” stadioniga 3017 tomoshabin kirdi. Bu bilan Kattaqo'rg'onlik muxlislar 2-turda eng yaxshi natijani qayd etishdi.

Ikkinchi liga, “A” guruhi
2-tur
“Do'stlik-K” (Kattaqo'rg'on shahar) – “Samarqand” (Samarqand shahri) – 5:0.
Hakamlar:
 J. Qudratov (Ishtixon) – 8,6, D. Tilloev (Samarqand) – 8,4, R. Ashirbek (Kattaqo'rg'on) – 8,0.
Nazoratchi: B. Xikmatov (Samarqand).
Gollar: Axmad Yo'ldoshev (39), Javlon Sultonov (43,58), Akbar Jo'raev (70), Muslimbek Ikromov (74).

Ikkinchi liga “V” guruhining 2-tur bahslaridan bir Payariq tumanida bo'lib o'tdi. Unda maxalliy “Bahor” jamoasi Samarqand shahrining “SVVAKIU” jamoasi bilan kurash olib bordi. Unda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi. 

Ikkinchi bo'limning 62-daqiqasida Olim Raximov mexmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 88-daqiqaga kelib mezbonlar xujumchisi SHoxrux Doniyorov muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi.

SHu tariqa, uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.


Ikkinchi liga, “V” guruhi
2-tur
“Bahor” (Payariq tumani) – “SVVAKIU” (Samarqand shahri) – 1:1.
Hakamlar: 
S. Hakimov (Urgut) – 8,4, S. Eshboev (Urgut) – 8,1, J. Bozorov (Urgut) – 8,1.
Nazoratchi: S. Abdullaev (Samarqand).
Gollar: Olim Raximov (62) – Doniyorov SHoxrux (88).
Ogohlantirishlar: SHoxrux Pirimov (43), Jaxongir Abdullaev (85), (ikkisi ham “SVVAKIU” jamoasidan) – SHoxrux Doniyorov (88), (“Bahor” jamoasidan).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика