So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Ikki o'yinda 8ta gol (!!!) yoxud "NBU-Osiyo"ning mag'lubiyatlariga nima sabab? Yangiliklar

Ikki o'yinda 8ta gol (!!!) yoxud "NBU-Osiyo"ning mag'lubiyatlariga nima sabab?

Bugun birinchi liganing ikkinchi bosqich, 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Toshkentning "NBU-Osiyo" jamoasi o'z maydonida Samarqandning "Registon" klubini qabul qildi va raqibiga yirik, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu bankirlarning ikkinchi bosqichdagi ikkinchi mag'lubiyatdir. Yodingizda bo'lsa kerak, "NBU-Osiyo" bundan oldin o'z maydonida "Zarafshon-NCZ"ga 0:4 hisobida yutqazib qo'ygandi. Umumiy aytganda, Muxtor Qurbonov jamoasi ikki uchrashuvda o'z darvozasidan 8ta to'p o'tkazib yubordi (!!!). 

"NBU-Osiyo" o'z maydonidagi mag'lubiyatlariga nima sabab bo'ldi? Bunga javob olish maqsadida jamoa bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov bilan suhbatlashdik.

- Muxtor aka, boshqaruvingizdagi jamoa bugun ham yana o'z maydonida yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Ketma-ket ikki o'yindagi muvaffaqiyatsiz o'yinlarning boisi nimada deb hisoblaysiz?
- Ochig'i, o'zim ham bunga hayron qolyapman. SHokka tushib qoldim, to'g'risi. Ketma-ket ikki o'yindagi omadsizligimizga nima sabab bo'lganini tushunib eta olmayapman. Boshqacha aytganda, muammoning ilidizini topishga qiynalyapman. Endi o'tkazilgan o'yinlarni tahlil qilamiz, kamchiliklarimiz ustida ishlab ularni bartaraf etishga harakat qilamiz. Bu- futbol. Unda hech kimning istagi amalga oshavermaydi. Mag'lubiyatdan hech qaysi jamoa kafolatlanmagan.

- Bugun darvozaga Abror Karimov qo'ydingiz. Asosiy posbon Mixail Spiridinovning tarkibga kiritilmagani, avvalgi turdagi mag'lubiyat bilan bog'liqmi yoki ...?
- Ha, albatta o'tgan turda "Zarafshon-NCZ"ga qarshi kechgan bahsimizda Spiridinov qo'pol xatolarga yo'l qo'ygandi. Natijada uning aybi bilan o'z darvozamizdan ikkita to'p o'tkazib yubordik. SHu bois bugun unga dam berib, yosh posbon Abror Karimovga ishonch bildirdim. Unda o'ynash ishtiyoq bor edi. Qolaversa unga o'yin amaliyoti kerak edi. Bundan tashqari "Registon" tarkibi asosan yoshlardan tashkil topgan, shuning uchun ko'proq hujumda o'ynaymiz degan maqsadda asosiy tarkibga Abrorni kiritgandim. Afususki, Karimov ham bugungi uchrashuvda o'z xatosi tufayli ikkita gol olib chiqdi. Umumiy aytganda, ikkita o'yinda darvozabonlarimizning xatosi sababli to'rtta to'p o'tkazib yubordik.

- Birinchi bosqichda SHarq mintaqasida o'zini ko'rsatishga erishgan "NBU-Osiyo"ning oxirgi ikki turda qayd etgan natijasi muxlislarni ajablantirdi. Nima deb o'ylaysiz, balki G'arb jamoalari kuchli o'yin ko'rsatishayotgandir?
- Yo'q, bunday demagan bo'lardim. Bemalol ayta olamanki, jamoamiz "Zarafshon-NCZ" va "Registon"dan kuchli bo'lsa kuchliki, aslo kuchsiz emas! Lekin futbolda ko'p narsa omadga ham bog'liq. Peshonada borini ko'ramiz. Boshimizda shunday kunlar bor ekan, nachora.

- Unda aytingchi, ushbu jamoalarga qarshi kechgan o'yinlardagi mag'lubiyatning asl sababi nimada?
- SHogirdlarim o'z darvozamizdan qisqa fursat ichida ketma-ket to'p o'tkazib yuborganidan so'ng, ruxiy o'raga tushib qolishdi. Ularni shundan keyin tayyorlash qiyin bo'lmoqda. "Zarafshon-NCZ" bilan o'yinning birinchi bo'limida uchta to'p o'tkazib yuborgandik. Bugun ham shunday bo'ldi. Yigitlar yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olishmayapti.

- Jamoangiz endi keyingi turlarda "Spartak" va "Mashal" mehmoni bo'ladi. Albatta oldinda "NBU-Osiyo"ga yana ham qiyin bo'ladi deyish mumkin. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Ha oson bo'masligi aniq. Lekin bu futbol. Oldindan mag'lubiyatni tan olmasdan, keyingi o'yinlarda ochko jamg'arishga harakat qilamiz. Umuman olganda, barcha klub bilan baribir o'ynashimizga to'g'ri keladi. SHu bois raqib tanlashga haqqimiz yo'q. Yo'qotilgan ochkolarni keyingi o'yinlarda yig'ishga harakat qilamiz.


Islombek Rustambekov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика