So’nggi yangiliklar

14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  0 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  0 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  7 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  7 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  11 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  23 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  18 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  14 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  17 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  4

Ikki og'iz intizom haqida Yangiliklar

Ikki og'iz intizom haqida

Teglar :  Lokomotiv
Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogining chorak finalida "Lokomotiv" yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

Jamoa ayrim xatolar evaziga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Lekin hozir gap bu haqda emas. Gap "Lokomotiv" futbolchisining qizil kartochka olgani haqida. Mana, ketma-ket ikkinchi o'yindirki "temiryo'lchilar" futbolchisi qizil kartochka olib maydonni tark etdi va jamoadoshlarini qiyin ahvolga solib qo'ydi. 

Uchrashuvning 42-daqiqasida Sadriddin Abdullaev mezbonlar o'yinchisi Dragan CHeranga nisbatan sportchiga xos bo'lmagan harakat qilgani bois darhol hakam tomonidan qizil kartochkaga "loyiq" topildi. Bu vaziyatda Abdullaev CHeranning yuziga bosh bilan zarba berishga uringandi. Sadriddin raqibiga zarba berdi deyish mushkul, chunki takroriy holatni ko'rganimizda ham zarba bergan-bermagani aniq ko'rinmagan. Ammo shunga harakat bo'lgani aniq va uchrashuvni boshqarib borgan Ahrol Risqullaev uchun yakuniy qaror chiqarishda shuning o'zi etarli bo'ldi. 

"Lokomotiv" 14 sentyabr kuni safarda "Metallurg"ga qarshi o'ynadi. Bu uchrashuvda jamoa hujumchisi Marat Bikmaev chetlatildi. Oradan to'rt kun o'tib Kubok o'yinida endi boshqa futbolchiga "qizil" ko'rsatildi. Etibor bergan bo'lsangiz, har ikki holatda hakamlar futbolchiga sportchiga xos bo'lmagan qiliq qilgani uchun qizil kartochka berishdi. Yani, bu erda o'yinda bo'lib turadigan qo'polliklar haqida gap ketmayapti. 

"Lokomotiv" futbolchilarining ketma-ket ikkita uchrashuvda qizil kartochka olib maydondan chetlatilishi bu yil hisobidan ikkinchi bor kuzatildi. Birinchisi Superliganing 4-5 turlarida sodir bo'lgan. Jamoa 4-turda AGMK mehmoni bo'lib 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan, o'shanda Ikrom Aliboevga "qizil" ko'rsatilgandi. Keyin esa navbatdagi turda "Lokomotiv" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qilgan. 1:1 hisobida yakuniga etgan bahsda braziliyalik Nivaldo raqib posboni O'tkir Yusupovga bosh bilan zarba bergani uchun chetlatilgandi.

Mana endi oradan vaqt o'tib ikkinchi marta shunday holat takrorlandi. Yil boshidan beri Superliganing 5ta, Kubokning bitta uchrashuvida "Lokomotiv"ning turli futbolchilari "qizil" olishdi. Xususan, Superliganing 2-turida "Metallurg"ga qarshi o'yinda Diyor Turopov, 6-turda "Nasaf" bilan kechgan bahsda Islom To'xtaxo'jaev maydondan chetlatilgandi. Faqat bu ikki futbolchi ikkinchi sariq kartochka tufayli "qizil" olishgan. 

Etiborlisi, "Lokomotiv" futbolchisi chetlatilgan 6ta o'yindan beshtasida g'alaba qozona olmagan. "Paxtakor", "Nasaf", AGMK bilan o'yinlarda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, "Metallurg" va "Qo'qon-1912" bilan durang qayd etgan. Faqat yaqinda "temiryo'lchilar" Bekobodda zafar quchishdi, xolos. Bikmaev "qizil" olgan vaziyatda hujumchi almashtirib bo'lingan va zaxirada o'tirgandi. Yani, maydonda baribir 11 futbolchi qolgandi. 

"Lokomotiv" futbolchilariga ko'rsatilayotgan qizil kartochka o'yindagi vaziyat natijasida yuzaga kelmayapti, balki futbolchilarning xulq-atvori tufayli ro'y bermoqda. Bu esa birinchi navbatda intizom masalasiga borib taqaladi. "Lokmotiv" - kuchli klub, jamoa futbol o'ynashni xush ko'radi. "Lokomotiv" quruq standartlarga tayanib yoki qarshi hujumni kutib o'ynaydigan jamoa emas, ham o'zi o'ynaydi, ham raqibiga o'ynash imkonini beradi. Ammo shunday jamoaning ketma-ket o'yinlarda "qizil" olishi g'alati.

Buyog'iga "Lokomotiv" oldida faqat Superliga qoldi. Agar jamoa chempionlikni o'z qo'lida saqlab qolishni xohlasa, keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonishdan tashqari futbolchilarning ham tartib-intizomga qatiy rioya qilgan holda to'p tepishlariga to'g'ri keladi. SHundagina ketma-ket uchinchi marta chempionlik qo'lga kiritilishi mumkin. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика