So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  22 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Ikki Eskobarning o'limi va Kolumbiya terma jamoasining ayanchli tarixi haqida Yangiliklar

Ikki Eskobarning o'limi va Kolumbiya terma jamoasining ayanchli tarixi haqida

Teglar :  EskobarKolumbiya
1984 yil AQSHga 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan Kolumbiya terma jamoasi, keyingi 6ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozonadi. Qizig'i, barcha 7ta uchrashuv AQSHda bo'lib o'tgan edi.

XX asr killeri Pablo Eskobar tomonidan moliyalashtirilgan Atletiko Nasonal negizida tashkil topgan Kolumbiya terma jamoasi JCH saralashida safarda Argentinani 5:0 hisobda mag'lubiyatga uchratib, o'z guruhida 1-o'rin bilan mundialga chiqadi. JCHga yaqin, 1993 yil Pablo Eskobar otib o'ldiriladi. U hukmronlik qilgan Medelin shahrida taxt uchun kurash boshlanadi. Bu paytda JCH boshlanadi. Ruminiyaga 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan Kolumbiya futbolchilariga mahalliy “killerlar“ tomonidan tahdid qilinadi. Agar ular guruhdan chiqmasalar, oilaviy qirilib ketishlari aytiladi. Ruminiya bilan o'yindan keyin Medelinda terma jamoa himoyachisi Fernando Erreraning tug'ishgan akasi otib ketilganligi haqida xabar berishadi. Butun terma jamoa tushkun holatda edi. Mezbon AQSH bilan o'yin ular uchun hayot mamot jangi edi. O'lim tahdidi bilan maydonga chiqqan terma jamoaning, o'yini chiqmadi. AQSHni so'nggi 6ta o'yinda mag'lubiyatga uchratgan Kolumbiya 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib, guruhda qolib ketdi. 


Eng yomoni, medelinlik Andres Eskobar o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygandi. Uyiga qaytgan Eskobar, 1 hafta o'tmay, 27 yoshida o'z shahrida muxlis qotillar tomonidan otib ketiladi.

SHu tariqa 80 yillar oxirida narkabaron Eskobarning homiyligi ostida cho'qqiga ko'tarilgan Kolumbiya futboli, futbolchi Eskobarni otib ketilishi bilan orqaga keta boshladi.


Saytimiz bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan Aleksey Smolyaninov ana shu voqealarni o'z ichiga olgan hujjatli filmni namoyish etdi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика