Iguain Benzema "Oltin to'p"ga loyiq deb hisoblaydi
25 iyu 2022 11:07
Yangiliklar
Iguain Benzema "Oltin to'p"ga loyiq deb hisoblaydi
"Real" sobiq hujumchisi Gonsalo Iguain jamoadagi sobiq sherigi Karim Benzemaning muvaffaqiyatlari haqida gapirdi.
U shuningdek madridliklar safida o'ynab yurgan payti ularda qanday munosabatlar bo'lganini aytdi.
"Benzema bilan 19 yoshdan beri tanishman. Biz "Real"ning hujum poziciyasida raqobatchilar edi, ammo shaxsan yaxshi til topishardik. Bizda yaxshi munosabatlar bor edi.
Hozirda uning dunyodagi eng yaxshi hujumchi ekanligidan hayron emasman. U "Oltin to'p"ni olishga loyiq", — deydi Iguain.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, 34 yoshli Benzema La Liga va CHempionlar Ligasi to'purariga aylandi. Francuz ayni damda "Oltin to'p" uchun asosiy davogar hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar