Igor SHkvirin: "Faoliyatimda birinchi marta shunday bo'lishi"
19 noy 2017 18:28
Yangiliklar
Igor SHkvirin: "Faoliyatimda birinchi marta shunday bo'lishi"
O'yindan so'ng “So'g'diyona” jamoasi bosh murabbiyi Igor SHkvirin matbuot anjumaniga qatnashdi.
"Bugungi o'yinda jamoa o'z xarakterini ko'rsata oldi. Uchrashuvning boshida 10 kishi o'yin so'nggida esa 9 kishi bo'lib g'alabaga erishdik. Men boshqargan jamoalar ishtirokidagi o'yinlarda umumun tajribamda 9 kishi bo'lib gol ura olishi va g'alaba qozona olishi kuzatilmagan. Jamoamga rahmat aytaman.
SHogirdlarim o'yin so'nggiga qadar ruhan tushishmadi. Bir birini qo'llab-quvvatlab holatini yaxshilashga harakat qildi. Yana bir bor jamoamga rahmat aytaman. Bugun o'y uchrashuvlariga yakun yasaldi va eng muhimi jizzaxlik muxlislarni xursand qila oldik. Ular bugungi bahsdan mamnun degan umiddaman",
- deydi “So'g'diyona” bosh murabbiyi.
“So'g'diyona” matbuot xizmati
Fikrlar