So’nggi yangiliklar

08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  2 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  4 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  18 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  25 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6

Igor Sergeev: “Umid qilamanki, stadion tribunalari muxlislar bilan to'ladi” Yangiliklar

Igor Sergeev: “Umid qilamanki, stadion tribunalari muxlislar bilan to'ladi”

Teglar :  Igor Sergeev
JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi KXDRga qarshi o'yin oldidan O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev O'FF matbuot xizmati bilan suhbatda bo'lib, o'yinoldi fikralari bilan o'rtoqlashdi.

“O'yinga tayyorgarlik yaxshi saviyada va to'laqonli ravishda olib borilyapti. Terma jamoadagi futbolchilarning hammasi - professional. Oldimizdagi o'yin qanchalik muhim ekanligini ularga qayta takidlash shart emas. Ular buni o'zlari ham yaxshi tushunib turibdi. Barchaning butun diqqat-etibori shu o'yinga qaratilgan. Jamoadagi muhit? U jangovor. Axir, oson kechmaydigan o'yinga tayyorlanyapmiz”, - deydi 22 yoshli futbolchi.

Ushbu mavsumda Oliy Ligada hozirga qadar 21 gol urib, to'purarlar ro'yxatining peshqadamlaridan biri bo'lib turgan Igor, KXDR bilan avvalgi o'yinda yo'l qo'yilgan xatolar, 12 noyabr kuni “Paxtakor” stadionida, soat 18:00da boshlanadigan uchrashuvda takrorlanmasligini takidladi.

“SHimoliy Koreyadagi o'yin omadsiz kechgandi. Lekin murabbiylar shtabi bu o'yinni o'rganib chiqib, xatolarimizni aniqlab, bizga ularni tushuntirib bo'ldi. Umuman olganda, o'sha o'yindan keyin o'zi hammasi ko'rinib qolgandi: qaerda xato qildik, nimaga etiborni ko'proq qaratish kerak va aksincha, nimaga ko'p ahamiyat berish shart emas... Umid qilamanki, o'sha xatolarni takrorlamaymiz”.

O'zbekiston milliy terma jamoasi safida hozirga qadar 23 o'yinda maydonga tushib, 9 bora raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan hujumchining aytishicha, muxlislarning stadionni to'ldirib, jamoani qo'llab-quvvatlab turishi juda muhim.

“O'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida o'ynash - katta plyus. Ob-havo sovuq bo'lishiga qaramay, umid qilamanki muxlislar o'yinga tashrif buyuradi va stadion tribunalari to'ladi. Ularning qo'llab-quvvatlab turishi juda muhim. Ularni xursand qilish uchun imkon qadar harakat qilamiz. SHunchaki g'alaba bilan emas, iloji boricha kattaroq hisobda mag'lub etish orqali, umid qilamanki, ularni xursand qilamiz”.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика