So’nggi yangiliklar

09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  7 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  12 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  7 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  37 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  22 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  5 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  15

Igor Sergeev: “CHempionlik biz uchun orzu emas, erishsa bo'ladigan maqsaddir” Yangiliklar

Igor Sergeev: “CHempionlik biz uchun orzu emas, erishsa bo'ladigan maqsaddir”

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati starti oldidan O'zbekiston Futbol Federaciyasi matbuot xizmati O'zbekiston olimpiya terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev bilan intervyu uyushtirdi.

Sergeev suhbat davomida jamoa oldidagi vazifalar, raqiblar va jamoaning tayyorgarligi borasida to'xtalib o'tdi.

“Osiyo chempionatidaga eng asosiy maqsadimiz - Olimpiyada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritish. SHu bilan birgalikda, albatta, birinchi o'rin uchun ham kurashamiz. Raqiblarimiz juda kuchli. Yaman terma jamoasi Osiyo chempionatlarining doimiy ishtirokchisi emasligiga qaramay, men bu jamoaga qarshi o'ynaganman va ularning qanday kuchga ega ekanini yaxshi bilaman. Umuman olganda, chempionatda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q”.

“Musobaqadagi ilk raqibimiz - Janubiy Koreya turnirdagi eng kuchli jamoalardan biri. Ammo har qanday kuchli raqibning ham ojiz tomonlari bo'ladi. O'ylaymanki, biz ularning mavjud kamchiliklaridan unumli foydalana olamiz. Umid qilamanki, g'alaba biz tomonda bo'ladi. Iroqliklarga keladigan bo'lsak, bu jamoaning kuchli jihati - ular uzoq yillardan beri birga o'ynab kelishadi. O'smirlar, yoshlar o'rtasidagi chempionatlarda ham bu jamoaning tarkibi deyarli hozir olimpiya terma jamoasiga azo bo'gan futbolchilardan iborat edi. Ammo biz ularning ham o'yinlarini juda yaxshi o'rganib chiqqanmiz. Kuchli va kuchsiz jihatlarini bilamiz. Eng asosiysi - har bir o'yinda yakkakurashlarda ustunlik qilish, bor kuchimizni ishga solish va murabbiy ko'rsatmalarini bajarish, deb hisoblayman”.

“Katta musobaqalarda qatnashish tajribasi, albatta, yordam beradi. Lekin bu hal qiluvchi ahamiyatga ega emas, baribir. Jamoada bu tajribaga ega bo'lmagan yigitlar ham bor va men bu narsa ularga halal beradi, deb o'ylamayman. Tajriba o'yindagi ayrim epizodlarda, tezda qaror qabul qilish lozim bo'lgan vaziyatlarda qo'l keladi. Eng muhim pallada vaziyatlarni sovuqqonlik bilan hal qilishda tajriba namoyon bo'ladi. Boshqa tomondan, olimpiya terma jamoasi safida Osiyo chempionatida qatnashish ham men uchun yangi bir tajriba. Bu erda ham nimadir o'rganishim va keyin bu milliy terma jamoa safidagi o'yinlarda ham qo'l kelishi mumkin”.

“Jamoaga to'liq ishonaman. Bu yigitlar ushbu yoshdagi futbolchilar orasida O'zbekistonda eng kuchlilaridir. Agar yigitlar bor imkoniyatlarini ishga solsa, chempionlik - orzu emas, erishsa bo'ladigan maqsad biz uchun”.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика