Igor Sergeev: "BAA klubi bilan erkin agent sifatida yarim yillik shartnoma tuzdim"
02 jan 2018 10:32
Yangiliklar
Igor Sergeev: "BAA klubi bilan erkin agent sifatida yarim yillik shartnoma tuzdim"
Kecha O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeev BAAning "Al Dafra" klubi bilan 2020 yil oxiriga qadar shartnoma tuzgani haqida xabar berilgandi.
Transfermarkt'ga ko'ra Sergeev BAA klubiga 1,5 million evro evaziga ko'chib o'tgan va 2020 yilning 31 dekabr kuniga qadar shartnoma tuzgan. Futbolchining ayni paytdagi transfer narxi 1,8 million evroga teng deb qayd etilgan Transfermarkt saytida.
Bugun futbolchining o'zi saytimiz bilan aloqaga chiqib bu malumot noto'g'ri ekanligii malum qildi.
"BAA klubiga erkin agent sifatida ko'chib o'tdim, sababi "Paxtakor" bilan shartnomam yakuniga etgan edi. Bundan tashqari bu klub bilan 2020 yil oxirigacha emas 2018 yilning yoziga qadar, yani olti oylik shartnoma tuzdim". Igor Sergeev (s)
Fikrlar