Ibrohim Ibragimov: "Yangi murabbiy bilan adaptaciya jarayoni ketmoqda, unga vaqt kerak"
03 apr 11:26
Yangiliklar
Ibrohim Ibragimov: "Yangi murabbiy bilan adaptaciya jarayoni ketmoqda, unga vaqt kerak"
Superliganing qoldirilgan 1-turi doirasidagi "Paxtakor" – "Mashal" (5:0) o'yinidan so'ng mezbonlar himoyachisi Ibrohim Ibragimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mashal"ga qarshi bahsda juda uzoq kutilgan g'alabaga erishdik. Sababi, chempionatni ikki mag'lubiyat bilan boshlagandik. Yangi murabbiy bilan adaptaciya jarayoni ketmoqda. Bugun uning ko'rsatmalariga ijobiy yondasha oldik va g'alabaga erishdik.
Mavsum boshida tarkibga ko'plab yangi futbolchilar jalb etildi. Tarkibdagi futbolchilar bir-birini tushunishlari uchun malum muddat talab etiladi. Murabbiyga ham o'yinchilarga o'z g'oyalarini singdirishi uchun vaqt kerak.
Endi keyingi o'yin haqida bosh qotiramiz va bellashuvga tayyor bo'lamiz, deb o'ylayman", dedi 24 yoshli futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar