So’nggi yangiliklar

23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  21 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  0 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  3 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  1 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  0 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  20 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  36 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12

Husniddin G'ofurov: “Olimpiya terma jamoasidan chaqiruv olganimdan xursandman” Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: “Olimpiya terma jamoasidan chaqiruv olganimdan xursandman”

Serbiyadagi legionerimiz Husniddin G'ofurov yaqinda olimpiya terma jamoamizning BAAda tashkil etiladigan yig'iniga taklif oldi.

Ayni damda OTJ ixtiyorida bo'lgan G'ofurov Dubaydagi mashg'ulotlarda astoydil xarakat qilmoqda. Kecha olimpiya terma jamoamiz ushbu xorij yig'inidagi ilk sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi. KXDR olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvda G'ofurov ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishga erishdi.

- Husniddin, olimpiya terma jamoasidan chaqiruv oldingiz. Ochig'ini ayting, taklif bo'lishini kutganmidingiz?
- To'g'risi, kutmagandim. Ammo Serbiya chempionatida o'ynayotganimni inobatga olsak, har xolda bunga umid bor edi. Menimcha har qanday futbolchi ham vatan jamoasi uchun o'ynashni istaydi. SHu jumladan men ham doim terma jamoa safida xarakat qilishni xohlayman. Lekin bunday istak bilan amalga oshirish qiyin. Buni eng avvalo murabbiylar hal qiladi. Vanihoyat olimpiya terma jamoasidan chaqiruv bo'ldi. Albatta bundan juda xursandman. Nasib qilsa murabbiylarning ishonchini oqlash uchun bor kuchim bilan xarakat qilaman.

- Samvel Babayan terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangach, ilk bor qo'li ostida mashg'ulotlarda ishtirok etyapsiz. Taassurotlar qanday?
- Taassurotlarim juda yaxshi. Menimcha Samvel Vyacheslavovichga ortiqcha tarif berishning xojati yo'q. U kishining qanday murabbiy ekanligini ko'pchilik yaxshi biladi.


- OTJda yagona legionerimiz xisoblanasiz. Jamoaga kirishib ketishingiz qiyin kechmayaptimi?
- Bu borada hammasi joyida. Yigitlarning ko'pchiligi bilan oldindan tanish edik. Hech qanday muammo yo'q.

- OTJdan taklif bo'lgach, “Yavor”dagilar bunga qanday munosabatda bo'ldi?
- Ular men uchun xursand ekanligini bildirishdi. Murabbiy va futbolchilar omad tilashdi.

- “Yavor” va OTJda murabbiylar sizni qaysi chiziqlarda o'ynatmoqda?
- Ko'proq yarim himoyachi sifatida xarakat qilyapman. O'ng va chap qanotda. Murabbiylar qaysi poziciyaga qo'ysa ham muhimi o'ynasam bo'lgani.

- “Yavor”dagi faoliyatingizdan ko'ngliz to'lyaptimi?
- Albatta. Nolimayman men uchun hammasi yaxshi kechyapti. Avvalgilariga nisbatan ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqdaman.

- Jamoangizning ishtirokini qanday baholaysiz?
- Avvaliga chempionatni juda muvaffaqiyatli boshlagandik. Lekin so'nggi turlarga kelib esa duranglar soni ko'payib ketdi. Ayni paytda turnir jadvalida 8-o'rinni band etib turibmiz. O'ylaymanki bu ham yomon natija emas. Hozir Ivanicada hamma tatilga chiqqan.


Aziz To'xtamurodov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика