So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  2 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Husniddin G'ofurov: “Ivanica va “Yavor” menga juda yoqdi” Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: “Ivanica va “Yavor” menga juda yoqdi”

Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasi tarkibida birinchi bosqich o'yinlarini yuqori notada o'tkazgan Husniddin G'ofurov avval xabar berib o'tganimizdek, ayni damda Serbiyaning Ivanica shahrida bo'lib turibdi.
Aniqrog'i, premer liga ishtirokchisi “Yavor” murabbiylarida qiziqish uyg'otgan hujumchimiz, bugungi kunda ushbu jamoada ko'rikdan o'tmoqda. Kecha 19 yoshli hujumchimiz yangi jamoasidagi ilk o'yinini o'tkazdi. Mahalliy jamoalardan biriga qarshi kechgan bahsda G'ofurov birinchi bo'limda to'liq harakat qildi. Jamoasi esa 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Mazkur o'yindan keyin, Husniddin bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Husniddin, adashmasak, “Yavor” libosida bugun birinchi o'yiningizni o'tkazdingiz. SHu bois ilk uchrashuvdagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Ha, shunday. O'yin yaxshi kechdi. Mazkur bahsda murabbiylar menga bir taym o'ynash imkonini berishdi. Ammo biz mag'lubiyatga uchradik. O'rtoqlik o'yini bo'ilishiga qaramay, tribuna muxlislar bilan deyarli to'ldi.

- Jamoa o'yiniga moslashib, kirishib ketishingiz uchun ko'proq kim va nima yordam bermoqda?
- Barcha futbolchilar meni yaxshi qabul qilishdi. Ular imkon qadar menga har jabhada yordam berishmoqda. Ochig'i, hech qanday muammo yo'q bu borada. Barchaning munosabati alo darajada bo'lmoqda.

- “Yavor”, umuman aytganda, Ivanica shahri to'g'risida nima deya olasiz?
- Bilsangiz kerak, ushbu jamoa o'z tarixiga egadir. Klubda barchasi professional tarzda ekanligini ko'rish mumkin. SHaharga kelsak, Ivanica Serbiyaning u qadar katta shahri emas ekan. Lekin shunga qaramay, bu er menga juda yoqdi.

- Bosh murabbiy Bogicha Bogichevich va uning o'tkazayotgan mashg'ulotlari to'g'risida ham aytib bersangiz?
- Mashg'ulotlar yuqori saviyada o'tkazilmoqda. Bu er xar holda evropa. Jamoada ham haqiqiy professional futbolchilar yig'ilgan. Bogichevich xususida ham ijobiy fikrlarni bildirishim mumkin. Bosh murabbiy bazi-bazida menga kulib qo'yadi.

- “Yavor”da  murabbiylar ko'proq nimalarga etibor qaratishadi. Jamoaning o'yin uslubi qanday?
- Bu erda ko'pincha texnikaga etibor qaratilar ekan. SHuningdek hujumlar asosan qisqa paslar orqali tashkil etiladi.

- Ko'pchilik muxlislar Serbiya premer ligasi ishtirokchisi bo'lgan klubda ko'rikdan o'tayotganingizdan xabar topgach, evropa jamoasida qolib, o'zingizni ko'rsatishingizga tilakdosh bo'lmoqda. Aytingchi “Yavor”dagi taqdiringizga qachon oydinlik kiritiladi?
- Bugungi sinov-nazorat o'yini orqali murabbiylar futbolchilarning imkoniyatini tekishirib olishgan bo'lsa ajab emas. Jamoadagi kelgusi taqdirim qanday kechishi ochig'i, hozircha mavhum. Bu masala, 2-3 kun ichida hal etilsa kerak nazarimda.

- Jamoada qolish uchun mashg'ulotlarda bor kuchingiz bilan ishlayotgan bo'lsangiz kerak. Har xolda evropa jamoasida o'ynashni barcha futbolchi orzu qiladi.

- Albatta, har bir mashg'ulotda astoydil ter to'kyapman. Niyatim ham ushbu jamoa bilan shartnoma tuzib, o'zimni ko'rsatishdir. Lekin ko'p narsa murabbiylarga ham bog'liq.

- Husniddin, sizga so'nggi savolim quyidagicha, o'z vaqtida Qozog'istonning “SHaxtyor” klubi ko'rigida ham bo'lib qaytgandingiz. O'shanda Viktor Kumikov jamoasiga o'tishingizga nima yo'l qo'ymagandi?

- Ha, “SHaxtyor” yig'inlarida ham malum muddat ishtirok etganman. Bilasizmi, o'shanda xorij jamoasiga birinchi bor taklif etilgandim. Biroz yoshligim sababli balki, ozgina xayajonlanish bo'lgandir...Boshqa muammo yo'q edi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика