Husayn Norchaev: "Kubokni qurbon qilish rejamiz yo'q edi"
14 may 11:01
Yangiliklar
Husayn Norchaev: "Kubokni qurbon qilish rejamiz yo'q edi"
- Mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi?
- Qiyin o'yin bo'ldi. Mag'lubiyatga asosiy sabab nima ekanligini bilmayman. Futbolda bu hol uchrab turadi. Endi buni unutib, keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
- "Bunyodkor"ga qarshi o'yindagi qo'ldan chiqarilgan g'alabaning bugungi o'yinga ruhiy tasiri bormidi?
- Yo'q, sababi biz har bir o'yinga alohida tayyorgarlik ko'ramiz. Diqqatimizni Superligaga qaratishimiz darkor.
- "Nasaf" o'tgan yili kubokni qurbon qilish evaziga bor etiborini Superligaga qaratib, chempionlikni qo'lga kiritgandi. "Paxtakor"ga qarshi o'yindan avval jamoani faqat g'alaba qoniqtirardi. Shunga qaramay, dastlab aralash tarkib maydonga tushdi. Buni qarshiliklarning ushbu turnirga bor diqqatini qaratmaganligi bilan izohlash mumkinmi?
- Yo'q, unday emas. Tarkibdagi barcha futbolchilar yaxshi holatda. "Paxtakor"ga qarshi bahsda avvalgi o'yinlarda maydonga tushmagan o'yinchilarga imkon berildi. Barchamizning jismoniy va ruhiy holatimiz bir xil, deb o'ylayman. Shu sababli, barchaga imkon berilishi lozim. Hali oldinda o'yinlar ko'p. Muxlislar bizni qo'llab-quvvatlab turishsin, ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar