So’nggi yangiliklar

20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  0 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  0 19:57АҚШ ФИФАга Кеннеди марказини 2026 йилги ЖЧ қуръаси учун бепул тақдим этади  0 19:34"Бавария" Меньян учун "Челси" билан рақобатлашади  1 19:07Интизом — энг муҳими. Аморим МЮда қатъий қоида жорий қилди  0 18:41Қозоғистон клублари Левченко, Абрамов ва Кападзега қизиқмоқда  14 18:14Салоҳ етакчилигидаги Миср Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  7 17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  1 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  2 16:46"Реал" стадиони номига ўзгартириш киритди  7 16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  1 15:51Жеррард Англия жамоаси бошқарувига келиши мумкин  0 15:27Ўзбекистонлик ҳакамлар Португалия – Бельгия баҳсида ишлайди  2 14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  4

Husanov maydonga tushmagan, Saka jarohat olgan, "Arsenal" "Lans"ga imkoniyatni boy bergan bahs haqida Yangiliklar

Husanov maydonga tushmagan, Saka jarohat olgan, "Arsenal" "Lans"ga imkoniyatni boy bergan bahs haqida

3 oktyabr kuni "Arsenal" CHempionlar Ligasi 2-turi doirasida "Lans" maydoniga safar qildi.

Kichik tahlil

Mezbonlarning yuqori bosimi tufayli "kanonirlar" darhol to'p nazoratini qo'lga ola bilmadi. Ajablanarlisi, ular xuddi shunday harakat natijasida gol urishdi. Saka raqib o'yinchisi Tomasson pasidan so'ng "Lans" darvozasi yaqinida to'pga ega bo'ldi va uni Jezusga uzatdi. Braziliyalik raqibini chalg'itib, to'pni uzoq burchakka tepdi. Zarba kuchli bo'lmasa-da, ammo aniq chiqdi – 0:1.

"Arsenal" qanchalik urinmasin, tanaffusga hisobdagi ustunlik bilan chiqib keta olmadi. Rayya to'pni hujumning o'ng qanotiga etkazib berishni ko'zlagan bir paytda, mezbonlar futbolchisi uzatmani ushlab oldi va qarshi hujumga o'tib ketdi. 



Yakun – Tomassonning chiroyli aylanma zarbasi orqali gol va hisob tenglashdi – 1:1. Francuz televideniesi sharhlovchilari o'z jamoalarining kombinaciyasini shunchaki "Magnific" (ajoyib) deb atashdi.

Londonliklar uchun birinchi bo'limning yana bir og'riqli jihati – Sakaning jarohat tufayli o'yinni davom ettira olmagani bo'ldi.



Tanaffusdan keyin o'yin scenariysi o'zgarishsiz qoldi. "Arsenal" yana to'pga egalik qildi va mezbonlar o'z imkoniyatlarini qarshi hujumlarda izlashda davom etishdi.

Tomiyasu va Gabriel gol urish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi, ammo baribir "Lans" darvozasiga yo'l topilmadi. 

69-daqiqada Pshemislav Frankovskiĭ o'ng qanotdan oldinga bordi va markazda bo'sh qoldirilgan Vaiga pas uzatdi, hujumchi to'pni pastki burchak tomon yo'naltirdi – 2:1. Negadir markaziy himoyachilar franciyalik o'yinchini butunlay yolg'iz qoldirishdi va u to'pni mohirlik bilan uzoq burchakka yo'lladi. SHu tariqa, chiroyli kombinaciya muhim gol bilan yakunlandi. 

"Lans" 73- va 81-daqiqalarda 4 ta o'zgarishga qo'l urdi, ammo Abduqodir Husanovga ehtiyoj sezilmadi chog'i, u maydonga tushirilmadi.  



Qolgan vaqtlarda "kanonirlar" mag'lubiyatga uchramaslik uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qildi, ammo franciyalik darvozabon Samba o'zining yuqori formada ekanligini ko'rsatdi va hisob o'zgarmasdan qoldi. 


"Lans" juda zo'r o'ynab yubormadi, ammo to'g'ri harakat qildi

"Lans" londonliklarni zararsizlantirdi va o'zining noyob imkoniyatlaridan unumli foydalandi.

Franciya klubi "Arsenal"ning pressingi ostida xotirjam ko'rindi. Xotirjamlikning garovi darvozabon Bris Samba bo'ldi, u "Lans"ning o'yinlarini boshqarib, jamoada ishonch uyg'otdi. 

Samba Takexiro Tomiyasu bilan kurashda doimiy ravishda g'alaba qozongan Machadoga diagonal paslar uzatib turdi va "Lans" o'yinni o'z darvozasidan uzoqlashtirib, "Arsenal"ning pozicion hujumi paytida nafas rostlab oldi.



Martin Edegorga tezlik etishmadi, Kay Xaverc ishonch bilan harakat qilmadi, Saka o'rniga tushirilgan Fabiu Vieyra qandaydir vaziyat yaratgani bilan esda qolmadi, Gabi Jezus duellarda ko'p bor mag'lub bo'ldi. 

"Lans" ham ko'p vaziyat yaratgani yo'q, mezbonlar asosan Fankovskiyning qanoti orqali o'yin qurib, "Arsenal"ni bosim ostida ushlab turishdi.

Frank Ez jamoasi esa o'tgan mavsumda yaratilgan moslashuvchan o'yin uslubida o'ynadi: pozicion himoya, bosim ostidagi ishonchli harakat, tezkor hujumlardagi chaqqonlik, har bir to'p uchun kurashish.


"Lans" stadionidagi muhit – alohida mavzu

Bilamizki, ko'pincha klublar fanatlari darvoza ortidan joy olishadi, ammo "Lans"da bunday emas. "Lans" muxlislari aynan markaziy tribunadan joy olishadi va sevimlilarini o'sha erdan qo'llab-quvvatlab borishadi.

 


"Lans" (Franciya) – "Arsenal" (Angliya) 2:1 (1:1, 1:0)

«Bollart-Delelis»

Gollar: 0:1 – 14 Gabriel Jezus, 1:1 – 25 Tomasson, 2:1 – 69 Vai.

Lans – Samba, Gradi, Danzo, Medina, Machado (Agilyar, 81), Frankovski, Mendi (Diuf, 73), Tomasson (Fyuljeni, 73), Abdul Samid, Sotoka, Vai (Said, 73).

Arsenal – Rayya, Tomiyasu, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Uayt, 71), Edegor (Nketia, 80), Rays, Xaverc (Smit-Rou, 70), Trossard (Nelson, 70), Saka (Fabiu Vieyra, 34), Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Abdul Samid (90), Gabriel Jezus (90).


Arteta o'yin haqida qanday fikr bildirdi?

"Albatta, bugun qiyin bo'ldi va men "Lans"ni tabriklayman. Hammamiz ko'rganimizdek, bu juda yaxshi jamoa va atmosfera ajoyib edi. Biz eng qiyin ishni qildik, birinchi golni ura oldik va o'yinni to'liq nazorat qildik, biroq bir vaziyatda ular gol urishga muvaffaq bo'lishdi, keyin hammasi boshidan boshlandi.

Biz maydonning uchinchi qismida etarlicha xavf yarata olmadik. PSV bilan farq jarima maydonchasidagi holatlarda bo'ldi – biz bir nechta qulay vaziyatlarni ko'kka sovurdik va ularning tahdidlaridan himoyalana olmadik.

Xatolar – futbolning bir qismi va u yoki bu tarzda davom etadi. CHempionlar Ligasida oson daqiqalar bo'lmaydi, shuning uchun bu erda vaziyat bo'ldimi, to'pni darvozaga kiritish kerak va bugungidan ko'ra yaxshiroq himoyalanish zarur.

Bu biz uchun muhim kecha eji. Xohlagan natijamizga erisha olmadik, lekin biz bundan saboq chiqaramiz", – dedi "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta.



Malumot o'rnida, "Arsenal" ECHL doirasida keyingi turni 24 oktyabr kuni "Sevilya"ga qarshi o'tkazadi, "Lans" esa shu kuni PSV bilan to'qnash keladi.

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика