So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  2 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  15 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  402 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Humoyun Murtozaev: “Mavsum yakunida to'prurarlar qatorida bo'lishni istayman” Yangiliklar

Humoyun Murtozaev: “Mavsum yakunida to'prurarlar qatorida bo'lishni istayman”

Vadim Abramov boshchiligidagi “Bunyodkor” jamoasi Superliganing 4-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni qizg'in ruhda davom ettirmoqda.

“Qaldirg'ochlar” bugungi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan navbatdagi mashg'ulotidan oldin hujumchi Humoyun Murtozaevning fikrlariga quloq tutdik.

“Karantindan so'ng jamoaviy mashg'ulotlar ajoyib va ko'tarinki kayfiyatda davom etmoqda. Jamoadagi har bir futbolchi qattiq mehnat qilyapti, har bir berilgan ko'rsatmani astoydil bajarmoqda. Mavjud yuzaga kelgan holatda mashg'ulotlar sanita va gigiena talablariga rioya qilingan holatda olib borilmoqda. Bularning barchasi bizning foydamiz uchun qilingan. Hammani alohida suv ichadigan idishi bor, iloji boricha masofani saqlagan holda harakat qilyapmiz.



Murabbiylar shtabi bo'lajak o'yinlarga futbolchilarni ruhiy va jismoniy jihatdan tayyorlashmoqda. Umuman olganda jamoaning har bir azosi qattiq ter to'kmoqda deya olaman.

To'g'ri, “Bunyodkor” jamoasidagi barcha bilan tez chiqishib ketdim, ular meni o'z oila azolaridek qabul qilishdi. Mavsum yakunigacha nechta gol ura olaman? Nechta bo'lishi ahamiyatsiz, to'purarlar qatorida bo'lish va jamoaga foyda keltirish asosiy maqsadim hisoblanadi”,- deydi Humoyun Murtozaev.

Futbolchi joriy mavsumda “Bunyodkor” safida umumiy hisobda 5ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 bor o'z nomiga gol yozdirib qo'yishga erishdi. Dastlab, OCHL saralash bosqichida “Al Zavra” darvozasiga 2ta to'p kiritgan bo'lsa, Superliga 1-turida safarda “Surxon”ga bitta gol urdi.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика