So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  4 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Humoyun Murtozaev: "Burchim - bildirilgan ishonchni oqlash" Yangiliklar

Humoyun Murtozaev: "Burchim - bildirilgan ishonchni oqlash"

"Mashal" klubi hujumchisi Humoyun Murtozaev Oliy ligada debyut mavsumini o'tkazmoqda. Ayni vaqtda ikkita gol kiritgan hujumchi bilan Oliy liga va faoliyati borasida suhbatlashdik.

- Humoyun,  siz Oliy ligada debyut mavsumingizni o'tkazmoqdasiz.  Oliy liga borasida fikringiz qanday?

Debyut mavsum desak ham bo'ladi.  Negaki men "SHo'rtan" jamoasi sharafini himoya qilganimda ham Oliy liga jamoasi bilan birga bo'lganman.  O'tgan yili esa birinchi ligadagi "Mashal-2" sharafini himoya qilib to'purarlardan biriga aylandim.  Buda jamoaning hissasi katta.  Bu yilda "Mashal"ning asosiy tarkibi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov meni jamoaga jalb etdi va ishonch bildirmoqda.  Oliy liga birinchi liga va yoshlar ligasida ko'ra farq qiladi.  Bu erda futbolchi maydonda har bir harakati tartib va ishonchga qaratiladi.  Birinchi ligada Oliy ligaga o'tish qiyinchilik to'g'diradi.  Har ikki liga o'rtasida juda katta farq bor.  Umuman olganda mavsumda ko'nglim to'lmoqda deya olmayman.  

- Nima uchun ko'nglingiz to'lmayapdi?

Birinchidan jamoamiz o'ziga munosib bo'lmagan pog'ona turibdi.  Undan tashqari ko'plab uchrashuvlarda o'z o'yinimdan umuman qoniqmadim.  "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda gol kiritdim lekin jamoamiz mag'lub bo'ldi.  Xuddi shunday "Navbahor"ga gol kiritdim lekin bu g'alaba uchun etarli bo'lmadi.  Jamoaga foyda keltirishim uchun bu saviyamdan ko'ra o'sishim kerak.  Bildirilgan ishonchni oqlash bu birinchim burchimdir.  

- Aleksandr Andreevich hujum chizig'ida sizga katta ishonch bildirmoqda.  Ko'plab uchrashuvlarni asosiy tarkibda boshladingiz va hozircha ikkita gol kiritdingiz? Hujumchi uchun bu kam emasmi ?


Birinchi navbatda bosh murabbiyning menga bildirgan ishonchi uchun rahmat aytishim kerak.  Bizni jamoaning hujum chizig'ida mahoratli futbolchilar bor.  Vladislav Ivanov va Zohir Qo'ziboevdan ko'p narsa o'rgandim va o'rganmoqdaman.  Ikkita gol buncha uchrashuvda maydonda harakat qilgandan so'ng juda ham kam.  Buni o'zim ham bilaman va men ko'proq statistika uchun gol urishdan ko'ra,  golsiz chiqsam ham jamoam g'alabasini istayman.  Golni esa kim urishini ahamiyati yo'q.  

- Humoyun "Navbahor"ga qarshi uchrashuvda jamoaning g'alabasi uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

Birinchi navbatdagi omad.  Umuman omadsiz o'yinlar bizdan ochkolarni tortib olmoqda.  Biz raqibdan kuchli o'yin ko'rsatdik.  Omad deb osongina qutilish mumkin lekin bu o'yinlarni ko'rganlar haqiqatdan ochiqchasiga omad bizdan yuz ugirganini anglaydi.  Hali vaziyatni o'nglaymiz.  

- Oldimizda "Andijon"ga qarshi juda ham ahamiyatli uchrashuv turibdi.  Bu o'yin borasida fikrlaringiz qanday ?

"Andijon"ni "Nasaf"ga qarshi so'nggi o'yinini ko'rdik.  Raqib haqiqatdan ham mahorat borasida "Nasaf"dan hech qanday qolishmadi.  Andijonda bizni juda ham og'ir uchrashuv kutmoqda.  Kerakli natijani qo'lga kiritish uchun hammamiz bor imkoniyatimizni ishga solamiz.  Bu o'yin biz uchun juda ham muhim.  ketma-ket muvaffaqiyacizliklardan chiqib ketish vaqti keldi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика