Holanddan noyob rekord. Undan oldin faqat Keyn bu ishni qila olgan
28 fev 19:24
Yangiliklar
Holanddan noyob rekord. Undan oldin faqat Keyn bu ishni qila olgan
Uchrashuv “shaharliklar”ning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona gol hujumchi Erling Holand tomonidan urildi.
Bu o'yin "Manchester Siti" hujumchisi uchun alohida ahamiyatga ega bo'ldi, deya xabar berdi "WhoScored". "Tottenxem" darvozasiga gol urib, u APLdagi noyob rekordni takrorladi.
Norvegiyalik futbolchi Premer-liga tarixida uch mavsum uyda va safarda 10 va undan ortiq gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha faqat “Tottenxem”da o'ynagan Harri Keyngina shunga o'xshash natijaga erishgan edi.
Umuman olganda, 24 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 36 o'yin o'tkazib, 28 ta to'p kiritdi. APLda uning hisobida 20 ta gol bor. Norvegiyalik futbolchi APL to'purarlari poygasida "Liverpul" vingeri Muhammad Salohdan 5 ta gol ortda qolgan holda, ikkinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar