So’nggi yangiliklar

07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  0 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  5 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  4 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  104 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" ўз майдонида "Нефтчи"га мағлуб бўлди, "Машъал" эса "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0

"Hokim kubogi": "Qo'qon-1912"dan g'alaba Yangiliklar

"Hokim kubogi": "Qo'qon-1912"dan g'alaba

Teglar :  Qo'qon-1912
"Hokim Kubogi" davom etmoqda.

“Viloyati hokimi kubogi-2016“

“V” guruhi”

5-tur.
“Qo'qon-1912”-1 – “FarDU – Futbol info” 3:2 (2:1)

Gollar: Otabek Haydarov – 2, Otabek Zokirov – 22,  Ilya Ilin – 87. – Xojimurod Nasriddinov – 45, Rustam Abduhamidov – 70.

Hakamlar: J Hakimov, SH Azamov, J Nematjonov (barchasi Farg'ona)

“Qo'qon-1912”: 1. Ruslan Matniyazov 49. Ilhom Komilov 55. Oybek Nurboev 24. Ilya Ilin 8. Sardor Qahhorov 14. Alibobo Rahmatullaev 15. Alisher Ziyaviddinov 19. Abdulloh Olimov 7. Otabek Zokirov 91. Otabek Haydarov 22. Abdul Aziz Yusupov.

Zaxira: 21. G'ayrat Xasanov 6. Maruf Zokirjonov 26. Doston Meliko'ziev 27. Jalil Kimsanov.28. Xayrullo Jakbarov 30. Hasan Asqarov 56.Muhamadanas Hasanov

“FarDU – Futbol info”: 71. F Mirzaqosimov 3. M Qosimov 4.A Nuraliev 6. SH Xojimatov 7. A Mirzaev 11. B Aminjonov 12. A Rahimzoda 13.Z Rahmatov 17. R Abduhamidov 15. X Nasriddinov 21. SH Turonov .
Zaxira: 16. I Saydullaev 8.M Egamberdiev 10. A Abdullaev 14.N Kamolov 18. X Madaminov 77. U Soibov 5. D SHamatov .

Uchrashuv kutilganidek Qo'qonlik futbolchilarning ustunligida boshlandi. Dastlabki daqiqalardan hujumga o'tgan jamoamiz azolari 2-daqiqadayoq maqsadlariga erishishdi. Qanotdan Alibobo Rahmatullaev oshirib bergan to'pni Otabek Haydarov boshi bilan “talabala”  darvozasiga joylab qo'ydi. Bu hujumchimizning turnirdagi olinchi goli bo'ldi.

SHundan so'ng ham bir nechta xavfli vaziyatlar yaratildi.
O'yinning 16-daqiqasida “FarDU-Futbol info” futbolchilari darvozamiz tomon birinch aniq zarbani yo'llashdi. Jarima maydonchasining o'ng qanotidan belgilangan jarima zarbasini Abdulla Mirzaev chiroyli tarzda ijro etdi. Uning kuchli va aniq zarbasini Ruslan Matniyazov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
22-daqiqaga kelib xisob 2:0 ga o'zgardi. “FarDU-Futbol info” darvozasi tomon, chamasi 23-24 metrlardan belgilangan jarima zarbasini Otabek Zokirov ajoyib tarzda yo'llab hisobdagi farqni 2 taga oshirdi.
O'yinning 41-daqiqasiga kelib jamoamiz azolari bir kishi kam bo'lib qolishdi. Abdullox Olimov hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.
1-taymni so'nggi daqiqasida raqiblarimiz birinchi javob to'pini kiritishdi. Qanotdan oshirilgan to'pni Xojimurod Nasriddinov boshi bilan Matniyazov darvozasiga yo'llab qo'ydi – 2:1.
O'yinning 2-bo'limida 1 kishi ko'p bo'lib o'ynagan farg'onalik “talabalar” yuqori ishtiyoq bilan to'p surishdi. Ular iloji boricha Oliy liga vakiliga qarshi munosib o'ynay olishlarini isbotlashga harakat qilishdi. Natijada o'yinning 70-daqiqasida Rustam Abduhamidov hisobni 2:2 ko'rinishiga olib keldi.
Uchrashuvni 87 daqiqasida jamoamizning tajribali himoyachisi Ilya Ilin boshi bilan “FarDU-Futbol info” darvozasini ishg'ol qildi. 88-daqiqda “FarDU-Futbol info” o'yinchisi qo'pol harakat qilgani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi. Jamoamiz tarkibida yosh iqtidorli xujumchi Doston Meliqo'ziev zaxiradan Alibobo Rahmatullaevni o'rniga maydonga tushdi.
SHunday qilib asosiy jamoamiz “Viloyat Hokimi Kubogi-2016”dagi navbatdagi o'yinni 3:2 hisobidagi g'alaba bilan yakunlashdi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика