So’nggi yangiliklar

08:09Месси Дембелени табриклади  0 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  0 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  110 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  13 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  42 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3

Hojimat Erkinov: "Spartak" bilan o'yinda faqat g'alaba qozonishni o'ylayapmiz" Yangiliklar

Hojimat Erkinov: "Spartak" bilan o'yinda faqat g'alaba qozonishni o'ylayapmiz"

Teglar :  Hojimat Erkinov
Xabaringiz bor, "Paxtakor" jamoasi bugun BAAdagi yig'in doirasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Ushbu o'yinda raqib Moskvaning "Spartak" jamoasi bo'ladi. Uchrashuv oldidan "sherlar"ning iqtidorli yosh futbolchisi Hojimat Erkinovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Yig'inni ko'ngildagidek davom ettirmoqdamiz. Birinchi bahs Rossiya chempioni "Zenit"ga qarshi bo'lib o'tdi. Sekin-asta sport formasiga kirib boryapmiz."Spartak" bilan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borilmoqda, shu orqali jismoniy holatimizni yaxshilab borishga harakat qilmoqdamiz, deya olaman. 

Xorij jamoalaridan taklif? To'g'risini aytsam, bilmadim. Bu haqida faqat "Paxtakor" rahbariyati bilishi mumkin. 

"Spartak"ga qarshi munosib to'p tepib, g'alaba qozonishni xohlamoqdamiz. Murabbiylar o'yinda ishonchli tarzda harakat qilib, sport formamizni yanada yuqori darajaga olib chiqishimizni takidlashdi. 

O'z poziciyamdagi raqobat haqida fikr bildirsam - kuchli raqobat doim o'sish uchun xizmat qiladi. Bundan qo'rqish kerak emas. Qo'rqsam yutqazib qo'yaman", - dedi Erkinov.




Reklama




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика