So’nggi yangiliklar

22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  3 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  1 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  54 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  33 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  16 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  21 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  3 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  5

Hojiakbar Alijonov OFK veb-saytiga ikkinchi bor U-23 Osiyo chempionatida g'olib chiqish niyatida ekanini aytdi Yangiliklar

Hojiakbar Alijonov OFK veb-saytiga ikkinchi bor U-23 Osiyo chempionatida g'olib chiqish niyatida ekanini aytdi

Tailand yashil maydonlarida futbol bo'yicha 23 yoshgacha o'yinchilar o'rtasida Osiyo chempionati start olishiga ham juda oz vaqt qoldi.

Qita chempionatiga munosib tayyorgarlik olib borgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda musobaqa doirasidagi ilk o'yinini o'tkazadigan Songxla shahriga etib kelgan va ilk o'yin – Eronga qarshi uchrashuvga hozirlik ko'rmoqda. 

Bugun OFK Media bo'limi vakillari terma jamoamiz joylashgan “BP Samila Hotel” mehmonxonasiga tashrif buyurishdi va terma jamoamiz etakchilaridan biri – Hojiakbar Alijonov bilan chempionat oldidan suhbat qurishdi.

- Terma jamoamiz turnirga yaxshi tayyorgarlik olib bordi. Yigitlarda kayfiyat alo darajada. Barchamiz musobaqaga tayyormiz. 

- Iqlimga ko'nikishda ortiqcha muammo bo'lmaydi. Zero qishgi yig'inlarni issiq mamlakatlarda olib bordik. Qolaversa, Tailandga ham biroz ertaroq keldik. 

- 2018 yilda U-23 Osiyo chempionatida g'olib chiqib, muxlislarimizni, oila azolarimizni xursand qilgan edik. Endigi maqsadimiz – o'sha muvaffaqiyatni takrorlash va Olimpiada o'yinlariga yo'l olish. 

- Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritib, butun O'zbekiston xalqini xursand qilishga, ularga chiroyli g'alabalar taqdim etishga urinamiz. 

Mahoratli himoyachi suhbat davomida shu va boshqa mavzularga to'xtalib o'tdi. Intervyuni video shaklida biroz keyinroq OFK veb-saytida to'liq ko'rinishda tomosha qilish imkoniga ega bo'lasiz.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика