So’nggi yangiliklar

16:09"Олимпик-MobiUz" - "Локомотив". Таркиблар билан танишинг  0 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  4 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  8 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  6 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  10 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  40 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  7 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   36 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   12 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   6 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  17

Har to'rt yilda bir marta topshiriladigan jahon kubogi zavodda qayta ishlanadi... G'olib mamlakatga mashhur kubokning nusxasi beriladi Yangiliklar

Har to'rt yilda bir marta topshiriladigan jahon kubogi zavodda qayta ishlanadi... G'olib mamlakatga mashhur kubokning nusxasi beriladi

Italiya joriy yil jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin, ammo ushbu kubokda italiyaliklarning qo'li borligiga kafolat berish mumkin.

Buning sababi 18 karatli oltin sovrin Milan yaqinidagi Paderno Dugnano shahrida, kubok va medallar ishlab chiqaradigan Bertoni tomonidan qayta ishlanadi.

Har to'rt yilda zavod ishchilariga g'olib jamoaning futbol federaciyasiga taqdim etiladigan kubokning mis nusxasini yaratish vazifasi yuklatilgan.

Taxminan 36,8 santimetr balandlikda va 6,1 kilogramm og'irlikdagi asl nusxa rassom Silvio Gazzaniga tomonidan 1971 yilda yaratilgan va 1974 yilgi Jahon chempionati g'olibi — Germaniya termasiga taqdim etilgan.

FIFAga tegishli bo'lgan ushbu kubok jahon chempionati finalida g'olib chiqqan jamoaga kubokka mamlakat nomi o'yib yozilganidan so'ng topshiriladi.

Ammo kubok taqdimotidan so'ng u Bertoniga qaytariladi, usta kubokni FIFAga qaytarishdan oldin uni qayta ko'zdan kechirishi lozim, so'ngra u navbatdagi Jahon chempionatiga qadar FIFA muzeyida saqlanadi.

Finaldan keyingi tantana paytida kubok o'yinchilar orqali qo'ldan-qo'lga o'tishi evaziga zararlanishi mumkin. SHu bois Bertoni uni asl holatiga qaytarishi talab etiladi.

Ammo Bertoni Jahon chempionati kubogining nusxasini qanday oladi?

Birinchidan, uning misdan tayyorlanadigan asosi zavodda tayyorlanadi. Metall suyuqlik maxsus kontenir ichiga quyiladi (yani, haqiqiy jahon kubogining shakli va dizayni umumlashgan qolipga).

SHundan so'ng, ortiqcha metal maxsus qurilma yordamida kesib tashlanadi.

Keyin esa inson elementi yordamga keladi. Kichik ish quroli bilan qo'lda ishlov berish kubokdagi kerakli tasvirlarni yanada aniqroq hosil qilishda yordam beradi.

Bu jarayonda ko'proq sayqallash talab etiladi, shu bois mukammal ko'rinishga ega bo'lish uchun mashinalar yordamida ham ishlov beriladi.

Keyin esa kubok tozalash bo'limga etib boradi va unga tilla suvi yugurtiriladi.

SHundan so'ng, u distillangan suvda tozalanadi, bu esa unga yanada yorqin tus beradi.

Kubok quritilgach, yana bir marta tozalash ishlari amalga oshiriladi va Jahon chempionatining so'nggi kunida maydonda paydo bo'lishga shay holatda bo'lgunga qadar so'nggi marta tekshiriladi.

Ushbu jarayonlarning barchasi taxminan uch oy davom etadi.

Bertoni jahon chempionati kubogiga sayqal berish bilan bir qatorda g'oliblar uchun oltin medallarni tayyorlash uchun ham javobgar hisoblanadi.

Uning ishchi jamoasi butun mavsum davomida band bo'lib, yil davomida boshqa yirik sovrinlarni ham tayyorlashi talab etiladi.

Ular CHempionlar ligasi, Evropa ligasi va hattoki Superkubok sovrinlarining nusxalarini yaratadilar.

Ammo jahon chempionati yaqinlashganda Bertoni nihoyatda band bo'ladi.

Biz bugun ko'rayotgan haqiqiy jahon chempionati kubogi 1974 yil Germaniyada bo'lib o'tgan jahon chempionati uchun yaratilgan.

Gazzaniga ushbu o'ziga xos tanlovda yutib chiqishi uchun boshqa haykaltaroshlar tomonidan tayyorlangan 53 ta loyiha bilan kurash olib borgan.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика