So’nggi yangiliklar

12:05"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  0 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  2 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  4 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  8 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  21 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  10 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1

Hamidjon Aktamov: “CHempionatni kuchli o'ntalikda yakunlasak, maqsadimizga erishgan bo'lamiz” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “CHempionatni kuchli o'ntalikda yakunlasak, maqsadimizga erishgan bo'lamiz”

Yaqindagina “Qizilqum” vice-prezidenti sifatida ish boshlagan Hamidjon Aktamov ikkinchi davra o'yinlari starti arafasida yumushlari ko'p bo'lishiga qaramay, hamkorimiz “FE” gazetasiga maxsus intervyu berdi.
- Hamid aka, ochig'i, “Qizilqum” jamoasidagi kutilmagan o'zgarishlar, “Zarafshon-PFK”ning murabbiyidan tortib, futbolchilarigacha “Qizilqum”ga ko'chib o'tishidan so'ng odamlar orasida bu qilingan o'zgarishlar avvaldan rejalashtirilgan degan mazmunda gaplar yuribdi. Aslida bunga jamoa rahbari sifatida nima deysiz?
- Muxlislar har xil bo'ladi. Albatta hamma o'z fikri va dunyoqarashiga egadir. To'g'ri, o'zim ham shunga o'xshash gaplarni eshitdim. Lekin bilasizmi, bu mening istagim bilan amalga oshmadi. Jamoa mutasaddilarining taklifiga binoan keldim. Bungacha “Zarafshon-PFK”da jamoa rahbari sifatida ishlayotgandim. Jamoamizning ishtiroki yaxshi ekanligi bois, mahalliy muxlislar va rahbariyat mening “Qizilqum”da ishlashimni xohladi. Berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, ishonchni oqlash uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorman.

 - Endilikda jamoaning oldiga qanday vazifa qo'yildi?
- “Qizilqum”ning hozirda egallab turgan o'rni yarashmaydi. Bilaman, oliy ligada qolish uchun jamoalar o'rtasida jiddiy kurash kechadi. Lekin imkon qadar kuchlilar safida qolishga urinamiz. Boshqacha aytganda, chempionatni 10-o'rinda yakunlasak, maqsadimizga erishgan bo'lamiz. O'ylaymanki, jamoa buni uddalaydi va rahbariyatni ishonchini oqlaydi.

- Boshqaruv postiga nega endi aynan Yuriy Lukin olib kelindi?
- Yuriy Pavlovich mahalliy murabbiy sanaladi. U kishi navoiylik futbolchilarning imkoniyatini juda yaxshi biladi va ular bilan yaxshi munosabatda. Yigitlarni ko'ngliga yo'l topa oladi. Ko'pchilik shu xususda savol beryapti oxirgi paytda. Nega endi, Lukin deb?

- Demoqchimizki, ilgari oliy liga klublarida bosh murabbiy sifatida ishlamagan bu murabbiy bilan jamoa o'z oldiga qo'yilgan vazifani uddalay olarmikin?

- Uddalaydi. Biz bunga ishonamiz. SHuning uchun ham Lukin nomzodini maqul topdik. Hozirgi sharoitda eng maqbul variant ham shu edi.

- Yil boshida olib kelingan futbolchilarning o'zgarishlardan so'ng jamoadan ketib qolishlarini qanday tushunish mumkin?
- Biz ularni haydab yubormadik, o'zlari ketishdi. Bilasizmi ular birinchi o'ringa moddiy jihatni qo'yishadi. Hali qilmagan ishiga oldindan katta pul talab qiladi. SHaxsan men bunga qarshiman. SHuning uchun bunday toifadagi futbolchilarni majburlab olib qolshni o'zimizga ep ko'rmadik. Vatan uchun, O'zbek futboli uchun nimadir qilib, keyin marhamat aytgan pulini talab qilsin! Lekin uddalay olmagan ishiga oldindan katta miqdorda ko'tarma pulini talab qilishi bu – noto'g'ri!

- “Zarafshon-PFK”dan ko'chib o'tgan futbolchilar xususida qanday fikrdasiz?

- Ayni paytdagi futbolchilar pulni birinchi o'ringa qo'ymaydi. Men o'zim bunga guvoh bo'lganim uchun aytyapman buni. Ular “Zarafshon-PFK”da o'ynab yurgan kezlarida birinchi navbatda mazmunli futbol namoyish etish haqida o'ylashgan. “Qizilqum”da ham shunday bo'ladi degan umiddaman. Ularda oliy ligada o'ynash ishtiyoqi yuqori.

- Jamoada ish boshlagan har qanday yangi rahbar o'z rejalarini tuzib chiqadi va malum yo'nalish bo'yicha ish yuritadi. Sizda ham o'ziga yarasha qarashlar bo'lsa kerak?
- Ha, albatta. Bilasizmi, men asosan mahalliy o'yinchilarga etibor qaratishni maqul ko'raman. Qishloqlardani o'sib chiqayotgan iqtidorlarni tarkibga jalb etib, ulardan nimadir chiqarishga harakat qilaman. To'g'rida, chetdan taniqli nomlarni katta pul evaziga olib kelib, uni 1-2 yil o'ynatib keyin yana shu usuldan foydalanib yurish bilan uzoqni ko'zlab bo'lmaydi. O'zimizda futbolchi etishtirishni qachonki izga tushirib olsakkina, jamoani ertangi kunidan havotir olmaymiz. Demoqchimanki, shunday usulni qo'llasak, poydevor ham mustahkam bo'ladi. Menda ham rejalar bor. Nasib qilsa, asta-sekin hammasini bosqichma-bosqich amalga oshirib boramiz.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика