So’nggi yangiliklar

12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  7 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  7 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  19 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7

Hamidjon Aktamov: “Mavsum Navoiyda kuchli jamoa shakllanishi uchun o'ziga xos poydevor bo'ldi” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Mavsum Navoiyda kuchli jamoa shakllanishi uchun o'ziga xos poydevor bo'ldi”

Oliy liga o'ttizinchi turidan joy olgan “Qizilqum” - “So'g'diyona” jamoalari uchrashuvidan (3:1) so'ng, mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov jurnalistlarga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Mavsumni g'alaba bilan yakunlash yoqimli, albatta, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Bugungi chiroyli futbol uchun yigitlarga katta rahmat! Yildan yilga chempionatda mavqeimizni tiklab borayotganimizdan xursandmiz. Viloyatimizda ajoyib muxlislar bor. Ularning hurmati uchun faqat g'alaba uchun o'ynasang arziydi. Bu yil bir muncha og'ir mavsumni boshdan o'tkazdik. SHunga qaramay, jamoamiz chempionat etakchilariga qarshi munosib o'yinlar namoyish etishga harakat qildi. Bir necha yil avval kuchlilar safida jon saqlash uchun kurashayotgan “Qizilqum”dan endi muxlislar  katta g'alabalarni kutishmoqda.

Viloyatimiz rahbarlari va xomiylarimiz say-harakatlari bilan klub infrastrukturasi bosqichma-bosqich shakllanib boryapti. Yakunlangan mavsum o'ziga xos sinov yili bo'ldi. Afsuski, ayrim muhim o'yinlarda qimmatli ochkolarni boy berdik. Agar hammasi muxlislar kutganidek bo'lganida hozir jamoamiz sovrindorlar qatorida bo'lardi.

Bir so'z bilan aytganda, yakunlangan mavsum Navoiyda kuchli jamoa shakllanishi uchun o'ziga xos poydevor bo'ldi. Kelasi yili futbol klubimiz uchun yangi va zamonaviy qarorgoh barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Viloyat futbol federaciyasi hamda xomiylarimiz bilan maslahatlashgan holda klubimiz qoshidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabi ishini yanada jonlantirishni rejalashtirganmiz. Yuqori natijaga bir kunda erishib bo'lmaydi. Buning uchun hali katta hajmdagi yumushlarni amalga oshirish lozim. Ishonamanki, viloyatimizda jamoamizga xayrixoh va qo'llab-quvvatlayotgan insonlar bilan yaqin yillarda buni albatta uddalaymiz.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика