So’nggi yangiliklar

21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  0 21:00Миллатлар лигаси. Хорватия — Шотландия ва Болгария — Люксембург ўйинлари бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  33 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  3 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  3 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  35 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  3 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  12 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  5 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  6 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  7 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  4

Hamidjon Aktamov: “Bitta o'yinda yutqazgani uchun jamoani “ko'mib” qo'yish kerak emas” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Bitta o'yinda yutqazgani uchun jamoani “ko'mib” qo'yish kerak emas”

Superliganing 16-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” - “Qizilqum” (2:0) o'yinidan keyin matbuot anjumani o'tkazildi.

Marosimning birinchi qismida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi.

H.Aktamov: Avvalo, “Bunyodkor” jamoasini bugungi haqli g'alaba bilan tabriklayman. O'yin og'ir bo'ldi. Maydon egalari xato qilishimizni kutishdi va amalda bunga erishishdi. Ular ikki vaziyatda bizni jazolashdi. Ikkala golni ham o'zimiz olib keldik. Xatolar qimmatga tushdi. Agar o'zimiz o'yin davomida yuzaga keltirgan xavfli vaziyatlarimizni golga aylantira olganimizda, yakuniy hisob umuman boshqacha ko'rinishda bo'lishi mumkin edi. 

O'yinga ruhiy tayyorgarlik ko'ngildagidek bo'lmadimi? Yo'q, men bunday fikr bildirishdan yiroqman. Bugungi uchrashuvda qarshi hujumlardan foydalanishni maqsad qilgandik. Endi bilasizmi, har bir bildiradigan fikrim bahonaga aylanib qolishi mumkin. Masalan, kunning issiqligi. Yoki bo'lmasa, vaziyatlardan foydalana olmaganimiz. Siz “Bunyodkor” futbolchilari “Qizilqum” o'yinchilariga qaraganda ko'proq yugurishdi, deyapsiz. Bilmadim, balki haqdirsiz. Ammo, mag'lubiyatni o'zimizning ikkita xato evaziga sotib oldik. Besh nafar legionerning harakati ham bugun foyda bermadi. 

“Qizilqum” jamoasi futbolchilarining o'rtacha yoshi 31ni tashkil qilmoqda?! Men statistikadan ko'ra aniq faktlar bilan ishlashni xush ko'raman. JCH-2018da Rossiya terma jamoasi tarkibida 38 yoshni qoralagan futbolchi o'ynayapti. Lekin yoshlardan ko'ra harakati yaxshi bo'lgani uchun murabbiy unga ishonch bildiryapti. Superliga tomonidan o'tkazilgan testlarda siz aytgan “qari futbolchilar” belgilangan normativlarni juda yaxshi topshirishdi. Harakati yaxshi bo'lgan futbolchini “brak”ka chiqara olmaymanku! Mirjalol Qosimov, Muhsin Ubaydullaev singari yoshlar ham o'ynashyapti. Buni ham esdan chiqarmaslik kerak. Keyin bitta o'yinda yutqazgani uchun jamoani “ko'mib” qo'yish ham kerak emas. Bundan avvalgi 5-6ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganimiz yo'q. Jo'jani kuzda sanaymiz. Hali oldinda o'yinlar bor. 

Superligada kuchli oltilikka kirishga harakat qilamiz. Nazariy jihatdan hali imkoniyatimiz bor. O'zbekiston kubogi uchun maqsad qo'yilgan. Qura natijasiga ko'ra 1/4 finalda “Qo'qon-1912” jamoasi bilan o'ynaymiz. Joriy yil hisobidan chempionatda ikkita, keyin nazorat o'yinlarida ham bu jamoa bilan to'qnash keldik. Umumiy ustunlik biz tomonda. O'ylaymanki, biz “Qo'qon-1912” to'sig'idan o'tib olamiz. 


SHahboz Beg'amov yozib oldi 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика