So’nggi yangiliklar

23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  3 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:19Саудия Арабистонида марказий ўйин: "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  5 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  21 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  19 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3

Hamid Aktamov: "Doston Ibragimovni qidiruvga berganmiz, topolmayapmiz" Yangiliklar

Hamid Aktamov: "Doston Ibragimovni qidiruvga berganmiz, topolmayapmiz"

Superliga 18-turdan o'rin olgan "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" (2:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hamid Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugungi g'alaba bilan muxlislarni, Navoiy xalqini, barcha futbolchilarni tabriklayman. Ikki nafar etakchimiz Erkin Baydullaev va Oybek Qilichevning yo'qligini qolganlar bilintirishmadi. Muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Qizig'i uchala golni ham o'zimiz urdik.

- O'tgan turda jamoa birinchi gol urib, ikkita gol o'tkazgandi, bugun esa aksincha bo'ldi...
- Bilasizmi o'tgan turdagi bahsning og'rig'ini haliyam yuragimdan chiqarganim yo'q. Necha yil murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan bo'lsam birinchi marta eng alamli va qo'pol o'yin bo'ldi. Bugun esa futbolchilar biz xohlagan o'yinni namoyish etib berishdi.

- SHerali Jo'raev asosan qanotda o'ynardi. Bugun markazda harakat qildi...
- Baydullaev va Qilichevning yo'qligini Jo'raevni markazga qo'yib yopishga harakat qildik.

- Bir necha tur oldin Doston Ibragimov jarohat olib safdan chiqqandi. U qachon maydonga qaytadi?
- Biz Doston Ibragimovni qidiruvga berganmiz. Uning izini topa olmayapmiz, hech qaerda yo'q. O'qishga deydi, xabarimiz yo'q.

- O'tgan turdagi hakamlarni haqorat qilganingiz uchun bugun O'FA sizga nisbatan jarima qo'llagani haqida xabar chiqdi. Jarima miqdorini ayta olasizmi?
- Bu narsani sizdan eshitib turibman. Hozircha jarima borasida hech qanday xat kelgani yo'q. Xat kelsa uni isbotlab berish kerak, aynan nima uchun jarima qo'llanilgani haqida.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика