So’nggi yangiliklar

22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  55 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  9 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  3 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  8 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  7

Ham futbolchi, ham murabbiy sifatida “Nasaf”da qadr topgan SHuhrat Toshpo'latovni tabriklaymiz Yangiliklar

Ham futbolchi, ham murabbiy sifatida “Nasaf”da qadr topgan SHuhrat Toshpo'latovni tabriklaymiz

Bugun “Nasaf” jamoasida bir necha yillardan beri katta murabbiy lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan, Ro'ziqul Berdievga bevosita yaqindan ko'maklashib kelayotgan SHuhrat Toshpo'latov 47 yoshga to'ldi.

Asli buxorolik bo'lgan mutaxassis Muborakning “Mashal” jamoasi orqali katta futbolga kirib keldi. Hujumchi ampulasidagi tezkor harakatlari, chiroyli gollari uni vohaning boshqa bir jamoasi “Nasaf”ga etakladi. 

Tez orada jamoaning muhim futbolchisiga aylana olgan forvard mahalliy ishqibozlarning mehrini qozona oldi. “Ajdarlar” Bahrom Hakimov murabbiyligida 2001 yilda ilk bor xalqaro maydonda ishtirok etdi va o'sha yili Osiyo CHempionlar Kubogi deb yuritilgan turnirda yarim finalga qadar etib bordi. Bunda albatta SHuhrat Toshpo'latov ham bir qator gollari bilan hissasini qo'shdi. 

Orada malum muddat G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi sharafini munosib himoya qildi va “Nasaf” jamoasiga qaytdi. U o'z davrining mohir futbolchilari Zafar Xolmurodov, Komoliddin Kenjaev, Davron Fayziev, Ro'ziqul Berdiev kabilar bilan bir jamoada to'p tepdi. 

Butsalarini mixga ilgan futbolchi dastlab quyi ligada “Nasaf-2” jamoasida yoshlarga futbol sir-asrorlarini o'rgatdi. Murabbiy sifatida o'sayotgan va tajriba to'plab borayotgan Toshpo'latovni “Nasaf” o'rinbosarlariga ustozlik qiladi. 

2012 yilda Ro'ziqul Berdiev jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangach SHuhrat Toshpo'latovni o'ziga assistent qilib oladi va birgalikda ish boshlashadi. Keyingi yillarda u mutaxassis bilan birgalikda ko'plab sovrinlarni yutdi. O'zbekiston kubogi, Superkubogi, chempionatdagi bronza va kumush medallariga ega chiqdi. 2017 yilda O'zbekiston terma jamoasida bitta uchrashuvda aniqrog'i BAA bilan kechgan o'rtoqlik o'yiniga Berdiev bilan birga jamoani tayyorladi.

Fursatdan foydalanib saytimiz ijodkorlari nomidan SHuhrat Toshpo'latovga o'zimizni samimiy va eng yaxshi tilaklarimizni tilab qolamiz!


Aziz Nuriy tayyorladi



foto: "Nasaf" FK


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика