Hakim Fuzaylov - "Xorazm" klubi bosh murabbiyi
17 may 2024 11:56
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov - "Xorazm" klubi bosh murabbiyi
Proliga 7-turidan so'ng 10 ochko bilan 5-o'rinni egallab turgan "Xorazm" amaldagi bosh murabbiy Ruslan Ahmedovni istefoga chiqardi.
Tomonlar o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi.
Uning o'rniga rossiyalik mutaxassis Hakim Fuzaylov "Xorazm" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis klubni 2024 yilgi mavsum yakuniga qadar boshqarishi ko'zda tutilgan.
Malumot uchun, Hakim Fuzaylov Pro ligadagi muvaffaqiyatlari bilan yaxshi tanish. Jumladan, u 2021 yil "Dinamo" klubi bilan Pro ligada ishlagan bo'lib, yakunda jamoani Superligaga olib chiqqandi. 2022 yil esa "Buxoro" klubi bilan Pro ligada muvaffaqiyatli ishtirok etib, mazkur jamoaning ham Superligaga yo'l olishiga katta hissa qo'shgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar