So’nggi yangiliklar

16:54"Барселона" 2005 йилдаги "Бернабеу"даги тарихи ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди  0 16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  4 16:00Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 0:0 (матнли трансляция)  1 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  1 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  0 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 14:04"Қўқон-1912" жамоасига совриндор бўлиш вазифаси қўйилди  5 13:44Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда  9 13:19Дино Дзофф Италия Норвегияга ютқазгани ҳақида: "Бунга сабаб - А Серия. Темп секин, ҳакамлар хуштак чалаверишади"  4 12:35ЖЧ-2002даги энг катта сенсация ёдингиздами?   17 12:35Ўзбекистон U-14 терма жамоаси собиқ устози энди катталар терма жамоасида бош мураббий  3 12:03Отабек Шукуров: "10 киши бўлиб қолган Эронни юта олмаганимизда роса гапиришган эди. Мана бугун 10 киши бўлиб Эронни мағлуб қилдик"  19 11:38Ҳудуди Хива туманига тенг бўлган мамлакат ЖЧ-2026га чиқди  23 10:47Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади  0 10:22Ўзбекистон U-17 га иккита гол урган футболчи баҳс ҳақида фикр билдирди  2

Hakim Fuzaylov: "Surxon" o'z imkoniyatlaridan unumli foydalanib ketdi" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Surxon" o'z imkoniyatlaridan unumli foydalanib ketdi"

O'zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o'rin olgan "Surxon" - "Xorazm" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Surxon" jamoasini yarim finalga chiqqanligi bilan tabriklayman. Natija adolatli bo'ldi. Jamoamiz yomon o'yin ko'rsatmadi. Biroq, yuzaga kelgan vaziyatlarni golga aylantirishda biroz aniqlik etishmadi. Aksincha, "Surxon" jamoasi o'z imkoniyatlaridan unumli foydalanib ketdi. 

- CHempionatning ortda qolgan qismi haqida nimalarni ayta olasiz?

- Jamoamizda aksariyat futbolchilar yosh. Ular to'liq o'zlarini ko'rsata olishlari uchun vaqt kerak, moslashuv jarayoni bor. Bosqichma-bosqich kuchayib boramiz.

- Klub rahbariyati jamoa oldiga qanday vazifa qo'ygan?

- Rahbariyat bizga yuqori maqsadlar uchun kurashish vazifasini qo'ygan. Harakat qilamiz, barchamiz shuni istaymiz, mavsum yakunida "Xorazm"ni Superliga yo'llanmasiga ega chiqishi uchun kurashamiz. Bizni doimiy qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimiz bor, ular ham har bir o'yinda g'alaba qozonishimizni istashadi.

- Transferlardan qoniqish hosil qildingizmi?

- Transferlar borasida aytsam, yomonmas, faqat belgilangan limitga amal qilish kerak. Transferlarni aynan Reglamentda ko'rsatilgan talablardan chetga chiqmagan holda amalga oshirdik.

- Jamoangiz bugun yomon o'yin ko'rsatmadi. Agar shu kabi o'yinlarini Pro-ligada ham davom ettirsa, Superliga yo'llanmasiga ega chiqadi. Bu borada fikringiz qanday?

- To'g'ri, bugun yomon o'ynaganimiz yo'q. Tarkibimizning aksariyat qismini yosh futbolchilar tashkil etadi. Albatta, biz Pro-ligada ham yaxshi o'yin namoyish etib, Xorazm viloyatiga katta futbolni qaytarmoqchimiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика