So’nggi yangiliklar

11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  0 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  1 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  3 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  4 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  11 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  6 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  21 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  6 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2

Hakim Fuzaylov: "Imkoniyatimiz bor" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Imkoniyatimiz bor"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Buxoro" - "SHo'rtan" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yaxshi o'ynadik. Joriy yildagi oltinchi durangni qayd etdik. CHempionat bahslari hali oldinda. Havotirli narsa ko'rmayapman. Ishlashda, tarkibni kuchaytirishda davom etamiz",- deydi Hakim Fuzaylov. 

- Ketma-ket ikkinchi o'yindirki gol urilganidan so'ng tezkor to'p o'tkazib yuborilmoqda...

- Hamma aybni darvozabonga to'nkamoqda. O'sha vaziyatda raqibga imkoniyat berib qo'ydik. Har bir chiziq ustida ishlashimiz lozim. Tarkibni kuchaytirishga ehtiyojimiz bor. Qishda tezda futbolchilarni jalb qilgan edik. Darvozabon, markazi hujum, himoyaga o'yinchi olish zarur. Ro'zimboy Ahmedov bilan birga o'ynaydigan forvard etishmayapti. Ayrim poziciyalarni to'ldirishimiz darkor.  "SHo'rtan" ikkinchi bo'limda o'yin vaqtini cho'zishga harakat qildi. Umuman olganda omadimiz kelmayapti. Birga-bir, bo'sh darvozaga gol urolmadik. Boshqa tomonidan bunday havoda futbolchilar charchab qolishlari tabiiy. Lekin jamoa funkcional jihatdan tayyor edi. O'tgan yili ham menda shunday holat yuz bergandi. 11-turdan keyin "Neftchi" katta farq bilan oldinga o'tib ketgandi. Hozir ochkolar farqi katta emas. Imkoniyatimiz bor. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика