So’nggi yangiliklar

18:24Ўзбекистон кубоги. Финал. "Пахтакор" – "Бухоро" (матнли трансляция)  9 18:02Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси назорат баҳсида Буркина-Фасога ютқазди  9 17:33Ўзбекистон Кубоги финали. Таркиблар маълум  18 16:50Футболда тайм-аут олиб бўлмайди? Уддабурон инглизлар муаммонинг ўзига хос ечимини топишди  2 16:28"Динамо" - "Хоразм" учрашуви Тошкентда ўтказилади  6 15:37Ўзбекистон U-17нинг асосий таркиби маълум  6 14:56"Андижон"нинг собиқ мураббийи Рубин Хебайнинг қандай топилгани ва нима учун клубдан кетгани ҳақида сўзлади  11 14:32"Реал" айрим футболчилари Алонсо талабларидан норози  3 13:59Футзал. Ўзбекиcтон қуръада 2-саватчада бўлади  1 13:42Месси спортдаги энг буюк атлетлар ҳақида гапирди  15 13:16"Барселона" собиқ президенти: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси эмас"  6 12:39"Пахтакор" Ўзбекистон Кубоги билан водийда турне уюштирди  2 12:12Бахтиёр Ашурматов: “Пахтакор яққол фаворит, лекин "Бухоро" охиригача курашади”  3 11:47"У осонликча топ-5 чемпионатларига бора оларди". "Пахтакор" ўринбосарлар жамоасининг собиқ мураббийи у билан ишлаган энг истеъдодли футболчи ҳақида  6 11:20Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  5

Hakim Fuzaylov: "Birinchi taymning o'zida hisob yirik ko'rinish olishi kerak edi" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Birinchi taymning o'zida hisob yirik ko'rinish olishi kerak edi"

Pro liganing 17-turidan o'rin olgan "G'ijduvon" - "Buxoro" (0:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Hakim Fuzaylov o'z fikrlarini bildirdi.

"G'alaba qozonish har doim ham yoqimli. Ammo jamoamiz yana katta ustunlikka erishib, ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurmoqda. Birinchi taymning o'zidagi vaziyatlarimizni golga aylantira olganimizda, hisob yirik ko'rinishga kelardi. Yigitlarda ozgina sovuqqonlik etishmayapti, nazarimda. Bu borada mashg'ulotlarda qattiq mehnat qilamiz, boshqa yo'limiz ham yo'q.

Yigitlarga kurashganlari uchun va muhim 3 ochkoni qo'lga kiritganlari uchun tashakkur. Kurashishda davom etamiz. Birinchi bo'limdan farqliroq, ikkinchi bo'limda hisobdan kelib chiqib qarshi hujumda o'ynagandek taassurot uyg'otgandir, lekin bu futbolchilarning ruhiyati bilan bog'liq hol. Nima bo'lgan taqdirda ham to'p bilan muomala qilish borasida ustunlik biz tomonda bo'ldi.

Haqiqiy "Buxorocha" derbiga guvoh bo'ldik. Ro'zimboy Ahmedov va Song Longjini bir vaqtda maydonga tushishini ko'rishimiz mumkinmi? Ha, mumkin! Turnirning asosiy pallasi yaqinlashmoqda, siz ularni bir vaqtda, maydonda albatta ko'rasiz", - dedi Fuzaylov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика