So’nggi yangiliklar

23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  0 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  115 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15

"Hakamlar 10 daqiqalab vaziyatlarni takroran ko'rgani, ammo yakunda hech qanday qaror qabul qilmagani guvohiga ham aylandim" - "Surxon" ustozi Anxel Lopes bilan ochiq suhbat Yangiliklar

"Hakamlar 10 daqiqalab vaziyatlarni takroran ko'rgani, ammo yakunda hech qanday qaror qabul qilmagani guvohiga ham aylandim" - "Surxon" ustozi Anxel Lopes bilan ochiq suhbat

Joriy yilda "Surxon" jamoasida ish boshlagan ispaniyalik murabbiy Anxel Lopes yaqinda championat.asia saytiga maxsus intervyu berdi.

Murabbiy bilan suhbat jarayonida jamoadagi faoliyati va boshqa savollarga javob oldik. 

- O'zbekistonga kelishga sizni nima undadi? CHunki Superliga top yoki evropa darajasida emas. SHunday ekan xorijlik mutaxassislarni qiziqtirish oson ish hisoblanmaydi...

- Hammasi oddiy. O'zbekistonlik do'stlarimdan biri Jahongir Usmonov Ispaniya futbol federaciyasida faoliyat yuritishgan. Ular mening ish uslubimdan xabardor edilar.CHamasi 5 yil oldin O'zbekiston haqida eshitdim.  Bu vaqt davomida men ular bilan aloqada bo'ldim. Bu erda bo'lishimning bir qancha sabablari mavjud. Mamlakatingizda juda mehribon odamlar borligini ko'rdim. Menga atrofdagilarning, klub xodimlari va rahbariyatning munosabati yoqadi. Ishonchim komilki, O'zbekistonda yaxshi tajriba orttiraman

- "Surxon" oldiga o'tgan mavsum katta vazifalar qo'yilmagan, so'nggi palladagina  Superligada qolish vazifasini bajargandi. SHunday ekan bunday darajadagi klubga kelishingiz tavakkalmidi? 

- Avvallari o'zbek futboli haqida hech narsa bilmasdim. Avval aytganimdek, Aziz Xaydarov bilan BAAda "Al SHabab" klubida faoliyat olib borganman. 2017 yilda u bilan o'zbek futboli haqida suhbatlashgandik. Aziz Haydarov top futbolchi edi. U juda yuqori sifatli yarim himoyachi. Dastlab o'zbekistonlik ekaniga hayron bo'ldim. CHunki avvallari o'zbek futboli haqida hech qanday malumotga ega bo'lmaganman.  SHundan so'ng jamoani o'rganishni boshladim va o'tgan mavsumda chempionat jadvalida quyi o'rinda turganiga etibor qaratdim. Bu erdagi do'stim menga qo'ng'iroq qilib, jamoa bilan yangi loyiha yaratayotganini aytdi. Asosiy maqsad esa "Surxon"ni Superligada barqaror yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylantirish edi. Men ushbu loyihada ishtirok etishga mamnuniyat bilan roziman. Evropa mening oxirgi ish joyim edi. Men  Greciyada faoliyat olib borganman. Ammo Osiyoda, xususan, O'zbekistonda futbol saviyasi qanday oshib borayotganini biroz vaqt o'tgach payqadim. Mana 3 oydan beri shu erdaman. O'zbekiston faoliyatimdagi navbatdagi qadam bo'lganidan xursandman. Bu erga sayohat va dam olish uchun kelganim yo'q. Klub uchun borimni bermoqchiman. Jamoaga kelgan ilk kunimdagi futbolchilarga aytgan birinchi so'zlarim qoidalar, tartib-intizomga qatiy amal qilish bo'ldi. Mashg'ulotlarda har doim turli xil mashqlarni bajarishimizni takidladim. Men futbolchilarim bilan ochiqman. Biz o'sish va rivojlanish uchun shu erda jamlanganmiz.

- Sizningcha, qo'l ostingizdagi bor futbolchilar bilan natijaga erishish mumkinmi? Xuddi oshpaz bor masalliqdan taom tayyorlagani kabi...

- Bu vaqt talab etadi. Birinchidan, siz yaxshi jamoa yaratishingiz kerak. Ikkinchidan, jamoaviy ruhni shakllantirish. Etibor bergan bo'lsangiz, "Surxon" birinchi o'yindanoq bir jamoadek o'ynayapti. Bizning uslubimiz bir, fikrimiz bir. Biz har xil o'yin taktikasida o'ynashimiz mumkin. Ammo birlikni yo'qotmasligimiz talab qilinadi. Maydonda jasur, fidoyi bo'lishimiz shart va majbur. Biz tizimni o'zgartirishimiz mumkin, lekin uslubni o'zgartirmaymiz. 

-  O'zingizdan nima qoldirmoqchisiz? Pulni olib yurtiga ravona murabbiylarning ko'pini ham ko'rdik...

- Albatta, mening asosiy xabarim pul ishlash emas. Pulni o'ylar ekansiz hech qachon tajriba orttira olmaysiz. Men yosh murabbiyman, agar 60 yoshga kirganimda, balki pul haqida o'ylardim. Hamma klublar meni yaxshi inson sifatida bilishadi. Har doim jamoamga eng yaxshi narsani berishga harakat qilaman. Mening o'z rejam, loyiham bor. Bu reja uzoq muddatli. Bunday hollarda kundan-kunga jamoa yaxshilanib boradi. Bu erda dam olmayman. "Surxon"ni rivojlantirmoqchiman.

- Futbol uslubingiz sekin-asta ko'zga ko'rinyati. Qiziq, jamoada o'z uslubingizni yaratyapsizmi yoki boshqa xorij klublarinikidan andoza olyapsizmi? Masalan, bizda "Barselona", "Liverpul" kabi jamoalardan ko'rib qaysidir jihatlarini o'zlashtirishadi. Nima deb o'ylaysiz, tarkibni hisobga olsak, ispan futbolini jamoaga singdira olasizmi?

- Men boshqa birovning futbolidan nusxa olishni xohlamayman. SHuni unutmaslik kerak, biz "Surxon"miz. Bu butunlay boshqa jamoa. Tarkibimizda yuqori saviyali o'yinchilar bor, lekin barcha jamoalar boshqacha o'ynaydi. Oxirgi Superliga va kubok o'yinlarini bir xil uslubda, xuddi shu falsafada o'tkazdik. Futbolchilar bunga ishonishadi. Mashg'ulotlarda ular diqqat bilan tinglashadi. Bu albatta muhim ahamiyatga ega.  Albatta, faol va hujumkor futbolni afzal ko'raman, jamoam to'pni nazorat qilishi va ustunlikni qo'liga olishi kerak. Jamoam to'pni kutishini yoqtirmayman. Qarshi hujum mening futbol uslubim emas. Hayotda qanday ekanligimni futbol maydonida ko'rsatmoqchiman. Hayotda esa men faol odamman. Umuman olganda, "Surxon" munosib o'yin ko'rsatmoqda. 

- CHempionatimizning ko'plab xorijlik murabbiylari klubga kelib, himoyadan o'yin qurishni boshlashmoqda. Masalan, ko'pincha boshqa davlatlardan himoyachilar taklif qilinyapti. Umuman markaziy himoyachilar qaysidir manoda kutilganidek chiqmayapti. Bu esa O'zbekiston terma jamoasiga bevosita tasir o'tkazmoqda. Superliga klubi murabbiyi sifatida fikringiz qanday?

- Raqiblarni o'rganar ekanman, ko'p jamoalar himoyadan ko'ra hujumda kuchliroq ekanini ko'rdim. "So'g'diyona"da esa  teskari holat. Bu jamoa himoyada ham yaxshi o'ynaydi, himoyaviy harakatlarda juda ixcham jamoa. Gap legioner himoyachilar haqdami? Bunday deb o'ylamayman. Odatda xorijlik futbolchilar mahalliy futbolchilardan kuchliroq. Ular bilan birga o'zbekistonlik himoyachilar ham o'sib bormoqda. Masalan, legionerlarning kelishini taqiqlasangiz, bundan hech qanday foyda bo'lmaydi. O'yinchilar rivojlanishi uchun ular eng yaxshilari bilan o'ynashlari kerak. Qachonki ularning yonida kuchli legioner bo'lsa, o'sishadi. Ko'p mamlakatlarda maqsadlar turlicha. Buning sababi futbol mentalitetining yo'qligi.

- "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng hakamlar haqida qattiq ohangda fikr bildirdingiz. Siz birinchisi emassiz. O'tgan yili "Lokomotiv"da ishlagan Mikael Sekeyra, bu yil "Paxtakor" ustozi Slavche Voyneski baribir oxiri yorilishdi. Superligadagi hakamlik, qolaversa VAR faoliyati sizda qanday fikrlarni uyg'otdi?

- O'zbekiston terma jamoa va klublar darajasida biror narsaga erishmoqchi bo'lsa, hakamlar ishida adolat, halol o'yin kerak bo'ladi. Barchamiz bir-birimizni hurmat qilishimiz zarur. Jamoamga nohaq penalti berilishini istamasdim. VAR`ga kelsak, FIFA bu erda uni qo'llashga nima uchun ruxsat berganini unchalik tushunmadim. Hakamlar 10 daqiqalab vaziyatlarni takroran ko'rgani, ammo yakunda hech qanday qaror qabul qilmagani guvohiga ham aylandim. Qolaversa turning barcha o'yinlarida VAR mavjud emas. Barcha jamoalar uchun bir xil sharoit yaratilishi kerak. "Paxtakor" bilan o'yinda Murod Bobojonovga nisbatan qoida buzilganida penalti belgilanmadi. "Lokomotiv" bilan bahsda darvozamiz tomon ikkita penalti belgilandi. AGMK bilan o'yinda jarima maydonchasi tashqarisida qo'pollik ishlatganimiz uchun darvozamiz tomon penalti belgilandi. VAR ushbu o'yinda ishladi. Qolaversa, so'nggi o'yinning dastlabki daqiqalaridayoq sardorimiz Bobur Akbarov sariq kartochka oldi. Hakamlikdan nolimayman, tanqid ham qilmayman. Faqat hamma narsa adolatli bo'lishini xohlayman. CHunki "Surxon" – O'zbekistonning bir qismi, men uning vakiliman. O'zbekistonda juda yaxshi hakamlar bor. O'zbekistonlik hakamlarning saviyasi yaxshi. Faqat muvozanat kerak, xolos. 

- O'z vaqtida SHota Arveladze va Andrey Kanchelskis o'zbek futbolchilari Evropa chempionatlarida o'ynay olishini takidlagandi. "Surxon" futbolchilari Evropada to'p tepib ketish salohiyatini qanday baholaysiz ? Axir surxondaryolik Eldor SHomurodov timsolida allaqachon yorqin misolimiz bor...

- Albatta, nega yo'q? Ular ambiciyali bo'lishsin. CHet elda o'ynash istagi borligi malum. O'zbekiston terma jamoasi kuchli bo'lishni istasa, futbolchilari xorij chempionatlarida o'ynashi shart.Men Xitoyda ishlaganman. Davlat ishtirok etgan katta loyiha va shunga yarasha katta pul ham bo'lgan. Lekin xitoylik futbolchilarning deyarli hech biri xorijda o'ynamagan. Nega? Xitoyning o'zida pul ko'p edi va futbolchilar shu erda qolishni lozim topdi. Dastlab har bir jamoaga 5 nafardan, keyin to'rttadan, yakunda esa uchtadan legioner to'g'ri keldi. Bu yaxshi emas. Ular butunlay teskari yo'nalishda harakat qilishadi. Xitoy futboliga qarasangiz, u hozir o'lik. Hozir Xitoy chempionatida avvalgidek pul yo'q. Hammasi noto'g'ri yo'ldan borganliklari uchun.

- O'zbekistondagi hayotingiz haqida gapirib bersangiz? O'zbek oshxonasi bilan tanishishga muvaffaq bo'ldingizmi?

- Toshkent toza shahar. Bu erda ko'plab bog'lar bor. Yangi binolar qurilmoqda. SHahar ko'chalari juda keng. Sayrga chiqishga ko'p ham vaqtim yo'q. Ammo yaqinda mening oilam yonimga keldi. Biz bir hafta ichida ko'p joylarni ziyorat qildik. Oilam uchun qiziqarli va shu bilan birga yangi narsa bo'ldi, deya olaman. Toshkent xorijlik mehmonlar uchun ochiq. Buxoro, Samarqandda ham bo'ldik, u er bizga juda yoqdi.

- Poytaxtda o'zingizni uydagidek his qilyapsizmi?

- O'zbekistonga tezda moslashdim. Men o'zimni xorijlik emas, xuddi o'zbeklardek his qilyapman. Men Ekvadorda ishlaganman. Garchi ular ispan tilida gaplashsalar ham, ikki davlat bir-biridan butunlay farq qiladi. Men Ekvatorial Gvineya terma jamoasi bilan ishlaganman va hamma narsaga darhol ko'nikmaganman. O'zbekistonning afzalligi shundaki, bu er xavfsiz va qulay. Bemalol taksi chaqirishingiz mumkin.

- Yaqinda Termizda bo'lib qaytdingiz. Sayohat taassurotlari bilan o'rtoqlashing?

- Ajoyib sayohat. Bizda juda yaxshi muxlislar bor. Har bir o'yin uchun bizga muxlislari to'la bir nechta avtobuslar keladi. Termizga kelsak, menga sharoit yoqdi. Mahalliy maktabda bolalar futbol bilan faol shug'ullanishadi. Akademiya qurilmoqda. 

- Siz biror joyda adashib, mahalliy aholidan u yoki bu ko'chaga qanday borishni so'radingizmi?

- Bunday narsa ro'y bergani yo'q. Lekin shuni payqadimki, hamma ham ingliz tilida gapiravermaydi. Restoran va mehmonxonalar ham ingliz tilida gaplashavermaydi. Ispaniyada ham xuddi shunday. Biroq, kimdir meni tushunmasa ham, ular doimo menga yordam berishga harakat qilishadi. 

- O'zbek tilidagi ayrim so'zlarni o'rgandingizmi? Intervyu boshida o'zbekcha salomlashganingizdan sezdim...

- Men bazi so'zlarni bilaman. Har kuni yangi so'zlarni o'rganyapman. So'z boyligimga o'zbek tilidagi so'zlarni ko'proq kiritishga harakat qilmoqdaman. Zero, bu avvalo o'zbek madaniyatiga hurmatdir. Bu erda ham rus tilida gaplashishadm. Men ham undan bazi so'zlarni o'rgandim. Tez orada bilimimni oshiraman

- Palov yoki ispancha paelya?

- Menga palov juda yoqdi. Paelya ham guruchdan tayyorlanadi. Oshdan keyin tiklanib olishim  uchun ikki kun kerak bo'ladi (kuladi)

- Kabob yoki pitsa?

- Albatta kabob.

- O'zbek yig'inlarida yoki to'ylarida bo'ldingizmi?

- Men hali tashrif buyura olmadim. 

- Superliganing boshqa jamoalaridan qiziqish bo'lgan ekan...

- Sizlar mendan ko'ra ko'p narsani bilasizlar. Bor etiborim "Surxon"ga va oldimizdagi maqsadlarni bajarishga qaratilgan.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика