"Hakamda ro'yxat bor edi!" - Mourinyu "Real" bilan o'yindagi chetlatilishi va hakamlarning "o'yini" haqida gapirdi
18 fev 13:35
Yangiliklar
"Hakamda ro'yxat bor edi!" - Mourinyu "Real" bilan o'yindagi chetlatilishi va hakamlarning "o'yini" haqida gapirdi
"Special One" hakamlarni Madrid klubiga yon bosishda aybladi.
Nima sodir bo'ldi?
O'yinning 85-daqiqasida Vinisius Junior raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi, biroq bosh hakam Fransua Letekse unga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatmadi. Bundan g'azablangan Mourinyu zaxira hakamiga etiroz bildirib, ketma-ket ikkita sariq kartochka oldi va maydondan quvildi.
Mourinyuning "achchiq" haqiqati:
"Meni maydondan chiqarib yuborishdi, chunki men yaqqol ko'rinib turgan gapni aytdim. Hakamning qo'lida maxsus varaqcha bor edi. U erda Tchuameni, Xeysen va Karreras sariq kartochka olmasligi kerakligi yozib qo'yilgandi. Chunki ular ogohlantirish olsa, javob o'yinini o'tkazib yuborishardi.
Men zaxira o'rindig'ida 1400 ta o'yin o'tkazganman va kimga kartochka berish mumkin-u, kimga mumkin emasligini yaxshi bilaman. Bu tizim qanday ishlashi bizga malum. «Real» g'alabaga loyiq edi, lekin bu boshqa masala", — dedi Mourinyu "Movistar"ga bergan intervyusida.
Javob o'yini haqida:
Murabbiy Madriddagi bahsni o'tkazib yuborishidan afsusda ekanligini bildirdi:
"Endi javob o'yinida zaxira o'rindig'ida bo'lolmayman, kiyinish xonasiga kirib, jamoa bilan gaplasha olmayman. Bu men uchun qiyin, lekin yordamchilarim bunga tayyor bo'lishadi".
Eslatib o'tamiz, "Real" va "Benfika" o'rtasidagi javob uchrashuvi "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi. Mourinyusiz lissabonliklar Madridda mo'jiza ko'rsata olishadimi?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Real uzini uyinini qildi, xakam ba'zi jabxalarda xato qilsa Realning necha pullik oshi bor?(tanish xolatmi?).
Vinisiusga qilgan xaqorati uchun Benfika futbolchisi davno chetlatilishi kerak edi!
Ammo xakam ayadi. Va Vinisiusning xolatida uni xam ayab tarozini bir xil qilib quydi.
Ammo nega odamlar buncha yeg'i-seg'i qilyabdi?)
Xali xechnarsa xal bulgani yuq.
Bu yil yibanin chiqadi qalampir ovol kereli joyinga tiqasan
Chl chempionli orzu sanlaga dalbayop musor komandaga balewili qsen shunaqa achishib yururasanla
- Don Florentino Peres!
)))