So’nggi yangiliklar

23:12Миллатлар лигаси. Германия, Нидерландия, Туркия ва бошқа термаларнинг бугунги ўйин учун таркиби маълум!  0 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  5 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  0 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  3 19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  8 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  16 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  15 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  3

Haftaning eng muhim o'yini: "Der Klassiker"ga marhabo! (prevyu) Yangiliklar

Haftaning eng muhim o'yini: "Der Klassiker"ga marhabo! (prevyu)

Bugun tunda futbol ishqibozlari Bundesligani bezaydigan dahshatli o'yin guvohiga aylanishadi.

Ha, bu Germaniya klasiko, yani "Der Klassiker" nomi ostida o'tadigan "Borussiya" - "Bavariya" qarama-qarshilik muxlislarga ajoyib tuhfani taqdim etadi.


Bu jamoalar o'rtasidagi har qanday bahs nafaqat Germaniyada, balki butun dunyoda katta qiziqishga sabab bo'ladi.
"Der Klassiker"dagi keskinlik, shiddat va yuqori drayv har qanday futbol ishqibozini tv qarshisiga mixlab qo'yadi.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holatiga to'xtaladigan bo'lsak, "Borussiya" "Bavariya"dan 3 ochko ortda qolmoqda.
Aslida chempionatni alo kayfiyatda boshlagan 7-turdan keyin o'zining eng yaqin taqibchisidan 5 ochkoga ilgarilab ketgan "Borussiya" uchun omadsiz seriya 8-turdan boshlandi. Aynan shu turda "Leypcig"ni qabul qilgan va murosasiz o'tgan dramatik bahsda yutqazgan Dortmund o'yin tonusini yo'qotdi.


Peter Boshsh jamoasi keyinchalik Frankfurtda durang o'ynadi, Gannoverda esa yutqazdi. Jamoa oktyabr oyida faqatgina Germaniya kubogi uchrashuvida zafar quchdi. Bundesliga va ECHLda esa g'alaba tamini tatib ko'rgani yo'q.
Aynan okyatbr oyidagi muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin "Borussiya"ning yangi bosh murabbiyi Peter Boshsh keskin tanqidlar yomg'iri ostida qoldi.
Jamoa nafaqat ichki chempionatdagi etakchilikdan ayrildi, balki ECHLda ham ketma-ket ikkita o'yinda Kiprning APOEL jamoasiga chora topa olmadi.

Dortmundning o'tgan oydagi natijalariga faqatgina birgina izoh bilan baho berish mumkin: SHarmanda.


"Bavariya"da esa aksincha holatni kuzatishimiz mumkin. "Borussiya" chempionatda peshqadamlik qilayotgan payt "Bavariya" inqiroz ko'chasida sayr qilayotgandi. Oktyabr oyi "Borussiya" uchun omadsiz kelgan bo'lsa, "Bavariya"ga omad qushini qaytardi.
Anchelottining muvaffaqiyatsizligidan keyin rahbariyat italiyalik mutaxassisni istefoga chiqardi. "Gerta"ga qarshi kechgan 8-tur o'yinida jamoani Villi Sanol boshqarib tushdi. Ammo bu o'yinda ham "Bavariya" ochko yo'qotdi. SHundan keyin klub jamoani eng yuqori cho'qqiga qadar etaklagan va nafaqaga ketgan Yupp Xaynkesni bezovta qilishga majbur bo'ldi.


Xaynkesning nafaqadan qaytishi "Bavariya"ni uyg'otdi.
"Frayburg"ga qarshi o'yindagi yirik g'alaba, "Gamburg"ning taslim etilishi va "Leypcig" ustidan qozonilgan ishonchli g'alaba yakunda "Bavariya"ni taxtga qaytardi.

Bundesliganing eng muhim va markaziy uchrashuvi oldidan jamoalarni o'rni almashdi. "Der Klassiker" arafasida "Bavariya" peshqadam, "Borussiya" esa ularni quvuvchi rolida.
Yuppning qaytishi jamoaga kayfiyat qo'shdi. Muhit yaxshilandi va bu narsa natijalarga ham o'z tasirini ko'rsatmoqda. O'yin esa asta-sekinlik bilan o'zgarmoqda.

"Borussiya"da o'yin zo'r, ammo himoyadagi betartiblik, yaratilayotgan vaziyatlarni golga aylanmayotgani jamoaning kichik inqirozga uchrashiga olib keldi.
Ayni paytda jamoalarda ikki xil kayfiyat hukmron.


Yupp  jamoaga qaytganidan so'ng "Bavariya" qisqa muddat ichida o'ziga kelishi, natijalar yaxshilanishi va "Borussiya" bilan o'yin oldidan peshqadamga aylanishini hech kim kutmagandi. Xaynkes qo'l ostida jamoa nafaqat g'alabali seriyani davom ettirmoqda, balki yutayotgan uchrashuvlarda darvoza daxlsizligi ham saqlanmoqda.

Xaynkesning "Bavariya" qaytishi myunxenliklarni kuchaytirgan bo'lsa, dortmundliklarni kuchsizlanishiga olib keldi. Aynan Xaynkes "Bavariya"ga qaytganidan keyin kutilmaganda "Borussiya"ning bundesligada ishlari orqaga ketdi. Jamoa hali g'alaba nashidasini surgani yo'q.

SHu jihatlarni inobatga oladigan bo'lsak, "Bavariya" principial qarama-qarshilik oldidan ruhiy ustunlikka ega. Ammo "Der Klassiker"da jamoalarning o'rni yoki turnir jadvalidagi holati ikkinchi darajaga tushib qoladi. Bu o'yin har ikkala jamoa uchun o'zgacha to'qnashuv hisoblanadi.
O'yin ahamiyati, uchrashuv qiymati juda yuqori.


"Borussiya" jamoasi uchun yana bir qo'shimcha motivaciya taqdim etadigan jihat shuki, birgina g'alaba orqali "Bavariya"ga etib olish mumkin.
Nafaqat turnir jadvalida quvib oladi, balki oktyabrdagi muvaffaqiyatsizliklar o'rni muhim uchrashuvdagi g'alaba orqali yopiladi.

Jamoani yana qayta uyg'onishiga olib kelishi mumkin bo'lgan g'alaba uchun bugun "Borussiya" tish-tirnog'i bilan kurashadi.

Peter Boshsh jamoasiga yana bir ustunlik taqdim etishi mumkin bo'lgan asosiy jihatlaridan biri - "Signal Iduna Park" stadioni.
Dortmundda har qanday raqib qaynoq olovli muhitga duch keladi. Agarda raqib "Bavariya" bo'ladigan bo'lsa, unda bu "qaynoq" muhit yanada qaynaydi.


Yo'qotishlar
Har ikkala jamoa safida bir qator yo'qotishlar mavjud. "Bavariya"dagi yo'qotishlar "Borussiya"dan ko'ra ancha kattaroq.
Dortmund jamoasi lazaretida Lukash Pishchek, Erik Durm, Mahmud Daud, Marko Roys hamda Sebastyan Rode mavjud. Zagadu esa diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi.

"Bavariya"dagi nomlar esa ancha jarangli. Jamoa etakchisi, qalqoni va sardori Manuel Noyer, himoyachi Xuan Bernat, vinger Frank Riberi va Tomas Myuller myunxenliklar lazaretini to'ldirib turishibdi. Robert Levandovski esa umumiy guruh bilan jarohatlarni boshlagan va katta ehtimol bilan Dortmundda sobiq jamoasiga qarshi o'ynaydi.


O'zaro o'yinlar statistikasiga nazar
Bu jamoalar umumiy hisobda 63 marotaba duch kelishgan.
"Borussiya" hisobida 17 g'alaba mavjud. "Bavariya" esa 28 bor g'alaba qozongan.
Qolgan 18 bellashuvda durang qayd etilgan.
To'plar nisbati: 70-103, "Bavariya" foydasiga.


Bundesliga, 11-tur.

"Borussiya" - "Bavariya" (22:30 - MATCH TV)

"Signal Iduna Park" stadioni.

Bosh hakam: Tobias SHtiler.

"Borussiya D": (taxminiy tarkib, 4-3-3) Byurki - SHmelcer, Omar Toprak, Sokratis Papastatopulos, Mark Bartra - SHaxin, Kagava, Gerreyru - Filipp, Obameyang, Yarmolenko.

"Bavariya": (taxminiy tarkib, 4-2-3-1) Sven Ulrayx - David Alaba, Mats Xummels, Jerom Boateng, Kimmix - Rudi, Martines - Koman, Alkantara, Robben - Levandovski.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика