Hafta yulduzlari (Euro-star)
11 mar 2014 08:00
Yangiliklar


Hafta yulduzlari (Euro-star)
O'tgan "uik-end"da bir qator futbolchilarning yorqin o'yinlariyu, chiroyli gollari minglab futbol ishqibozlarini olqishiga sazovor bo'ldi. Biz sizga hafta yulduzlarini tanishtirib o'tamiz.
Ospina ("Nicca"). Darvozabondan boshlaymiz. O'tgan haftada Franciya birinchi divizionida 28-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. "Marsel" - "Nicca" o'rtasida kechgan bahsda mehmonlar kichik (1:0) hisobda g'alaba qozonishdi. Ushbu g'alabaga asosiy sababchilardan biri esa "Nicca" posboni Ospina bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ospina jamoasini bir qator vaziyatda muqarrar gollardan qutqarib qoldi va uchrashuv qahramoniga aylandi.
Himoya chizig'ida nomzodlar ko'pchilikni tashkil etadi. Lekin ularni orasida o'tgan "uik-end"da chinakamiga jonbozlik ko'rsatgan to'rtta himoyachilardan biri bu Madridning "Real" azosi Marselo hisoblanadi. Braziliyalik ushbu futbolchi nafaqat gol kiritish va golli pas berdi, balkim himoyada ham raqiblariga hech qanday imkoniyat bermadi. Ikkinchi nomzod esa bu "Kardiff" himoyachisi Kolker bo'ldi. U shu kuni o'zining eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. "Kardiff" darvozasi oldiga uyushtirilayotgan xavflarni bartaraf etishda Kolker juda faollik ko'rsatish bilan birgalikda, jamoasining ikkita goliga mualliflik qilgani taxsinga loyiq. Franciya chempionatiga yana qaytamiz. "Monpele" himoyachisi Basha ushbu turda yorqin o'yin ko'rsatganini etibordan chetda qoldira olmaymiz. Himoyadagi so'nggi nomzod bu "Manchester Yunayted"ning o'ng qanotdagi tinib-tinchimas futbolchisi Rafael bo'ldi.
Yarim himoyadagi yulduzlarga nazar solamiz. CHap qanotni "Real"ning yana bir azosi Ronaldo band etdi. "Levante"ga qarshi kechgan o'yinda Ronaldo ham gol kiritdi va Marseloning goliga hammualliflik qildi. "Granada" vakili Riko ham o'tgan haftada o'zining yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi va haqli ravishda "Hafta yulduzlari" jamoasidan joy oldi. "Real"ning yana bir yarim himoyachisi Di mariya ham "Levante"ga qarshi kechgan bahsda juda ko'plab foydali ishlarni amalga oshirgani uni bu tarkibga kirishiga zamin yaratdi. Yarim himoyaning o'ng qanotida "Bavariya" yulduzi Aren Robben joy oldi. Gollandiyalik ushbu vinger "Volfsburg" darvozasini ishg'ol etolmagan bo'lsada, jamoasining deyarli barcha golida ishtirok etdi va maydondagi eng faol futbolchilardan biri bo'ldi.
"Hafta yulduzlari" hujumida Bundesliga snayperlari tandemiga guvoh bo'lamiz.
Bu ikki snayper o'tgan haftada chinakamiga yorqin futbol namoyish etishdi va raqiblari darvozasini gollar bilan siylashdi.
Klass-Yan Xuntelar "Xoffenxaym" darvozasiga uchta to'p yo'llagani barchasiga misol bo'la oladi. "Bavariya"ning hech kimga o'xshamaydigan erka futbolchisi Tomas Myuller "Volfsburg" himoyasini butun o'yin davomida tinchini buzib turdi. Tomas Myuller ushbu o'yinda ikkita gol va jamoasining boshqa gollariga hammualliflik qilgani uning qanday o'yin namoyish etganiga yorqin misol bo'ladi.
SHahboz Beg'amov

Fikrlar