So’nggi yangiliklar

03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  0 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  13 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  155 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  5 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  1 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  11 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  2 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  6 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11

Hafta o'rtasidagi o'yinlar: A Seriya 14-tur prevyusi Yangiliklar

Hafta o'rtasidagi o'yinlar: A Seriya 14-tur prevyusi

Bugun Italiya chempionatida navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Napoli" - "Empoli"

A Seriya etakchisi bu bahsga ko'tarinki kayfiyatda etib keldi. Luchano Spalleti jamoasida yo'qotishlar ham yo'q hisobi. Himoyachi Rraxmani hamon davolanish bilan ovvora, Xvicha Kvaracxeliyaning maydonga tushishi hozircha so'roq ostida. Oldinda uning yo'qligini Raspadori bildirmaslikka va Osimxenga ko'maklashishga harakat qiladi. Kristian Zannetti g'alaba qozongan tarkibni keskin o'zgartirmasligi turgan gap. Destroning jismoniy holati qandayligiga oydinlik kiritib olish zarur. U o'tgan turda kichik jarohat olgandek bo'lgandi. Lazaretdagi qolgan futbolchilar esa yangi yilgacha maydonga qaytib ulgurmaydi.

Jamoalarning so'nggi to'qnashuvida "Empoli" safarda 3-2 hisobida ustun kelgan. U kabi natijani takrorlash oson bo'lmasligi aniq. "Napoli" bu juftlikda yaqqol favorit va mundial oldidan maksimal ravishda yaxshi natija bilan tanaffusga ketishga harakat qiladi.


"Kremoneze" - "Milan"

Dessers jarohat sabab bahsda ishtirok eta olmasligi mumkin, bu esa Alvini uchun chinakam bosh og'riq. SHuningdek, jamoaning ruminiyalik ikki legioneri Kirikesh va Radu ham bellashuvga 100% tayyor emas. Agarda Dessers chindan bu o'yinga tayyor bo'lmasa, hujumda Okerekega Kristian Buonayuto yaqindan yordamlashadi. Pioli bu safar Jiruning xizmatlaridan foydalana olmasligi hammaga malum. Bu hujumda Origini ko'rishimizdan darak beradi. Balki oxirgi vaqtlarda kamnamo bo'lib qolgan de Ketelarega ham imkon berilar.

Oxirgi marta ushbu raqiblar 1996 yil ro'baro kelgan. O'shanda A Seriya doirasidagi to'qashuvda "rossoneri" 7-1 hisobida zafar quchgandi. "Kremoneze" o'sha yili elitani tark etgan, "Milan" esa chempionlikni qo'lga kiritgandi. Oradan deyarli o'ttiz yil o'tib ham so'zsiz favorit — "Milan". "Kremoneze" bir ochko olsa ham g'alaba qozongandek xursand bo'lishi aniq.


"Inter" - "Bolonya"

"Yuventus" bilan o'tgan omadsiz o'yindan keyin Inzagi rotaciyaga qo'l urishi aniq. Bastone asosiy tarkibga qaytadi va De Vreyni alishtirsa ajab emas. Lautaroga dam berilsa kerak. SHu sababli hujumda Korrea-Jeko tandemini ko'ramiz, chunki Lukaku hozircha jamoasiga yordam bera olmaydi. Brozovich ham maydonga tushishi ehtimoli yuqori, biroq katta ehtimol u bahsga zaxiradan qo'shiladi. "Bolonya"ga kelsak, Motta g'alabaga erishgan tarkibda o'zgarishga qo'l ursa ham, ular jiddiy bo'lmaydi. Faqatgina zaxiradan o'yinga qo'shilib, o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olgan Vinyatti bu safar asosiy tarkibda tushirilishi mumkin. Hujumda umid Ebosher va Barrou yordamlashadigan Arnautovichdan.

Oxirgi marta "Bolonya" o'z maydonida "Inter"ni 2-1 hisobida taslim eta olgan. SHunga qaramay, "Inter" bo'lajak to'qnashuv favoriti va avvalgi turdagi mag'lubiyat alamini olishi uchun ham bor kuchi bilan harakat qiladi. Tanaffusgacha o'tadigan o'yinlarda maksimal ravishda ko'p ochko to'plash zarur, aks holda Simone Inzagini ranjitadigan qarorlar chiqarilishi mumkin.

 

"Verona" - "Yuventus"

Romeo va Juletta shahri jamoasining ishlari unchalik yaxshi emas. Salvatore Bokketti jamoasi hozircha birorta ham ochko ishlay ololmadi. Qo'shimchasiga "mastiflar" safida jarohatlanganlar soni ancha ortib ketgan. Xrustich va Faraoni bu o'yinda jamoadoshlariga yordam bera olmasligi aniq bo'lib ulgurgan. Bundan tashqari Verdi, Pikkoli va Ilichning maydonga tushishi ham so'roq ostida. SHunday ekan Bokketti yana tarkibda qator o'zgarishlar qilishga majbur bo'ladi. "Inter" ustidan qozonilgan g'alaba "keksa sinora"ga pozitiv kayfiyat bergani turgan gap, ammo tarkibdagi muammolar Allegrini tark etganicha yo'q. Yaxshi yangiliklardan Di Mariya sog'ayib, safga qaytgan va u asosiy tarkibda uchrashuvni boshlashi kutilmoqda. Lazaretdan qaytgan Makkennining ham yordami tegishi mumkin.



O'tgan safar "Yuventus" uydi osonlik bilan "Verona"ni taslim etgan 2-0. Bu safar ham "keksa sinora" to'qnashuvning yaqqol favoriti hisoblanadi. Turinliklar JCHgacha bo'lgan o'yinlarda iloji boricha yaxshiroq natijalar qayd etishi zarur. SHundagina klub Evropa Ligasi yo'llanmasidan yaxshiroq, jiddiyroq biror nima uchundir kurasha oladi. "Verona" esa bu o'yindan ko'p ham umid qilmasa bo'ladi.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика