So’nggi yangiliklar

16:34ПРО-Лига. "Қўқон-1912" - "Машъал" (Онлайн натижа)  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  1 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   11 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  3 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  2 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  4 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0 11:54Терма жамоага чақирилган легионерлар: ўтган бир ойни ким қандай ўтказди?  14 11:47Саудия Арабистони ва МЛС клублари Погба бўйича маълумотларни сўраган  0 11:18"Реал" жароҳат олган Карвахалга клубдан ўринбосар топди  8 10:55Флориан Вирцнинг келажаги маълум  1

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

Etiboringizga o'tgan hafta bir hafta ichida jahon va Evropa futbolida yangragan mashhur murabbiy va futbolchilarning eng sara fikrlarini berib o'tamiz.

- "U menga Messini eslatib yuboryapti. Uning o'yini juda kuchli. Uning bo'yi va harakatlariyam Messinikiga o'xshab ketadi". ("Arsenal" sobiq hujumchisi Ian Rayt "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salah haqida)

- "Men har doim eng yaxshi bo'lishni xohlaganman. O'zimni doim bosim ostida qoldiraman va tavakkal qilishdan qo'rqmayman. Ayni paytda o'zimni Misrning eng yaxshi futbolchisi sifatida his qilayotganimdan xursandman". (2017 yil yakunlariga ko'ra Afrikaning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Muhammad Salahning fikrlari)

- "Agar uni sotsak tushadigan pulga beshta futbolchi sotib olish mumkin, lekin hech biri uningdek bo'lolmaydi. Bu xuddi "Barsa" Messidan, "Real" esa Ronaldudan ajralib qolgandek gap". ("CHelsi" darvozaboni Tibo Kurtua jamoadoshi Aden Azarning naqadar muhim o'yinchi ekanligi haqida)

- "Men o'z ustimda yanada ko'p ishlashim kerak. CHunki eng yuqori bosqichga chiqishni xohlayman. Kamchiligim bormi? Bor, masalan, penaltilar". (Lionel Messi o'z kamchiligi haqida)

- "Menga baliq tutish orom beradi, maza qilib hordiq chiqaraman. Qolaversa, hujumda o'ynaganim uchun sabrli bo'lishga undaydi. Baliq tutish uchun vaqti kelishini kutasiz, keyin darhol hujumga o'tasiz. Futbolda ham xuddi shunday. Gol urish uchun qulay imkoniyatni kutishing kerak". (PSJ hujumchisi Edinson Kavani bo'sh paytlarida baliq oviga qiziqishi haqida)

- "Biz faqat chorak final haqida o'ylayotganimiz yo'q. Qaysidir musobaqaga qantnashishdan oldin falonchi o'rin uchun kurashamiz deb chegara qo'ymagan maqul. Biz yanada yuqori cho'qqilarni xohlaymiz. CHunki jamoamizda salohiyat bor. Har bir jamoa Jahon chempionatida o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatsam deydi, biz ham bundan mustasno emasmiz. Balki Jahon chempioni bo'larmiz". (Meksika terma jamoasi hujumchisi CHicharito Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialdan nima kutayotgani haqida)

- "Messi va Ronaldu qarib qolganidan keyin Neymar bilan Dibala eng zo'r bo'lish uchun kurashadi. Ayniqsa Dibalani katta istiqbol kutmoqda. U yildan yilga o'syapti". ("Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri shogirdi Paulo Dibala haqida)

- "Uning Pol Skoulzga nisbatan ancha ko'p pul topayotgani Pogbaning aybi emas". ("MYU" bosh murabbiyi Joze Mourinoning bir muddat o'yini qovushmagan Pogbani tanqid qilgan Skoulzga aytgan javobi)

- "U Evropaning eng kuchli hujumchilaridan biri va bu haqda gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Albatta, o'yiningni kuchaytirishing uchun ko'p ishlashga to'g'ri keladi, lekin bazi narsalarni o'rganib bo'lmaydi, u tabiatdan bo'lishi kerak. Masalan, to'purarlik qobiliyati. Buni o'rganib bo'lmaydi. U sen bilan tug'iladi. Ronaldo, Inzagi, Batistutada gol urish qobiliyati yoshlikdan bo'lgan, Xarri Keyn ham ular qatoriga kirdi". (Mashhur darvozabon Janluiji Buffon "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn haqida)

- "CHempionlik masalasi hali hal bo'lgani yo'q. Kurash davom etadi. Lekin biz dekabrni yaxshi o'tkazdik. Men ettinchi mavsum Angliyada o'ynayotgan bo'lsam, bu erda hech qachon mavsum oson o'tmagan. Men "Manchester Siti" bilan CHempionlar ligasida g'olib bo'lishni xohlayman, chunki "Siti" hali bu sovrinni qo'lga kiritgani yo'q". (Serxio Aguero "Manchester Siti" bilan orzulari haqida)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика