So’nggi yangiliklar

22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:57Миллатлар лигаси. Бироздан сўнг бошланадиган учта ўйинни таркиблари билан танишинг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  1 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  4 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  1 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  9 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  10 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  12 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  5 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  2

Hafta iqtiboslari Yangiliklar

Hafta iqtiboslari

Saytimiz odatiga ko'ra o'tgan hafta Evropa matbuotida yangragan eng sara fikrlarni keltirib o'tamiz.

- "Siz futbol o'ynagan payt men to'p uzatib beradigan bolakay edim. Men sizdan doim futbolka so'raganman, ammo siz hech qachon menga bermagansiz. Hech qachon! Buning uchun sizni aslo kechirmayman". (Pep Gvardiola o'z vaqtida "Barselona"da to'p tepgan mashhur ingliz hujumchisi Gari Linekerni kechira olmasligi haqida)

- "Men jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lishni xohlayman. SHuning uchun statistikaga qarab kuchlilarga yaqin ekanimni ko'raman. Bu albatta ular tomon olg'a qadam tashlash uchun ajoyib imkoniyatdir". (Xarri Keyn yuqori darajaga chiqishida Messi va Ronaldu kabi futbolchilar uni ruhlantirayotgani haqida)

- "Men Italiyani ko'p sog'inaman va bu borada hech qanday shubha yo'q. Xayolimda doim boshqa mamlakatda uzoq qolib ketmaslik aylanib yuradi. Bu erda tajriba oshirganimdan so'ng albatta yana Italiyaga qaytaman". ("CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte chet elda uzoq yil qolmay o'z vataniga qaytishi haqida)

- "Esimda, biz "Milan"ga qarshi Milanda o'ynagandik va Andrey Pirlo barchaning diqqat-markazida bo'lgandi. Lekin o'shanda murabbiy Park Ji Sungni Pirloga qarshi qo'ygandi. Menimcha, o'yindan keyin ertasi kun uyg'onib Pirlo yotog'i oldida ham Park Ji Sungni ko'rgan bo'lsa ajab emas. CHunki o'sha bellashuvda Park chindan ham Pirloni "yopib qo'ygandi". ("MYU" sobiq futbolchisi Rio Ferdinand ECHLda "Milan" bilan bo'lgan o'yin haqida)

- "Xotinim juda rashkchi, uning xotini ham shunday. Endi bunga ishonish qiyin, bu - Xarri Keyn! Uning gol sezish qobiliyati juda kuchli. Unda nimadir bor. SHu bois ham Keyn dunyoning eng kuchlilaridan biri". ("Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hujumchi Keynning xotini uni boshqalardan rashk qilayotgani haqida hazil qildi)

- "Neymar va Mbappe kabi futbolchilarning kelishi shubhasiz bizni yangi bosqichga olib chiqdi. Biz shunday o'yinchilarimiz borligidan maqtansak arziydi. Ular o'zlarini uyda yurgandek his qilishmoqda, ikkisi ham mavsumni ajoyib tarzda boshladi. Bizning maqsad - CHempionlar ligasida g'olib bo'lish. Tarkibda kuchli futbolchilar borligi esa zafar quchishimizga ko'proq imkoniyat yaratadi". (PSJ yarim himoyachisi Marko Veratti yangi futbolchilar kelgach jamoa yanada kuchaygani haqida)

- “Meni ko'plab futbolchilar, ayniqsa ijodkor yarim himoyachilar juda hayratda qoldiradi, chunki bu mening o'yin tarzimga mos. Kumirim Zidan bo'lgani uchun doim uning o'yinini tomosha qilib, unga o'xshashni xohlaganman”. ("Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil kimdan o'rnak olgani haqida)

- "17 yillik faoliyatdan so'ng hayotimda yangi bosqich uchun qadam tashladim. Men boshqaruv sohasida ishlashga qaror qildim". (Sobiq futbolchi Xabi Alonso keyingi ishi haqida)


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика