Gyundogan: "Gvardiolaning "Barselona"si o'yinlarini tomosha qilish zavq bergan"
21 mar 2023 21:59
Yangiliklar
Gyundogan: "Gvardiolaning "Barselona"si o'yinlarini tomosha qilish zavq bergan"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning "Barselona"da ishlagan vaqtlari haqida gapirdi.
"Gvardiolani Germaniyadagi faoliyatidayoq yaxshi tanirdim. "Borussiya"da o'ynagan vaqtlarim uning "Bavariya"siga qarshi maydonga tushganman. Uning "Barselona"si o'yinlarini tomosha qilish yoqardi. Buskets - Xavi - Inesta - ular barcha davrlardagi eng sevimli trio bo'lib qoladi.
Markazdagi sifatli uzatmalar, kerakli vaqtda qanotlarni o'zgartirish, hujumga qo'shilish - yarim himoyachi sifatida ularning o'yinidan zavq olganman. Pepning jamoasida, dunyoning eng qiyin ligasida o'ynash imkoniyati bo'lganidan xursandman. Undan tashqari, sovrinlar uchun kurashish - aqlbovar qilmas holat!", - dedi futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar