Gvazava o'rniga Oniyami?
07 apr 2014 14:59
Yangiliklar


Gvazava o'rniga Oniyami?
Bu yili "Neftchi" tarkibiga kelib qo'shilgan Levani Gvaza o'zining yangi jamoasi bilan 6 oylik shartnoma imzoladi.
SHu bois Rossiya fuqarosi bo'lgan legioner yozda jamoani tark etishi ham mumkin. Murabbiylar shtabi uning o'rnini boshqa bir xorijlik futbolchi hisobiga to'ldirishi ham mumkin. Bu nigeriyalik Devid Oniyadir. Samarqandda istiqomat qiluvchi Oniya qishda farg'onaliklar bilan yig'inlarda ishtirok etdi va klub bilan amalda bitim imzoladi. Biroq "Futbol-MED" ko'rigidan o'ta olmagan himoyachi "Neftchi"ning Turkiyada tashkillashtirgan xorij yig'inidan chetda qoldi. Buning natijasida Devid murabbiylar shtabining rejasidan o'rin olmadi. Hozirda u aniq ko'rsatmalar bo'yicha davolanmoqda. Birinchi davradan keyin "Futbol-MED" markazi uning o'ynashiga ruxsat bersa, "Neftchi" Levani Gvazavani o'rnini aynan Devid Oniya bilan to'ldirishi mumkin. Malumot uchun aytish kerakki, Oniya huquqiy jihatdan "Neftchi" azosi hisoblanadi.

Fikrlar