So’nggi yangiliklar

18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  14 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0

Gvardiolaning "qimmatbaho" jamoasi Kloppning "yuguradigan" bollariga qarshi. Prevyu Yangiliklar

Gvardiolaning "qimmatbaho" jamoasi Kloppning "yuguradigan" bollariga qarshi. Prevyu

Bugun terma jamoalar o'yinlari sabab yuzaga kelgan kichik tanaffusdan keyin Angliya Premer-ligasi yana davom ettiriladi.

Quyida turning markaziy bahsi hisoblangan "Manchester Siti" hamda "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi o'yinga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 4-tur
"Manchester Siti" – "Liverpul"

09.09.2017, 16:30
"Etixad stedium"
Bosh hakam:
Jonatan Moss (Yorkshir).

APLning dastlabki 3 turida har ikki jamoa ham 7 ochkodan jamg'ardi. G'alaba qozongan klub MYU o'z o'yinini o'tkazmaguncha turnir jadvalida birinchi pog'onaga ko'tariladi. Mezbonlar tarkibida Kompani maydonga tusha olmaydi, mehmonlarda esa Koutino qaydnomaga kiritilmagan.

Gvardiola ham, Klopp ham hujumkor futbolni yaxshi ko'rishini inobatga olsak, bugungi o'yin chiroyli va gollarga boy o'tishini taxmin qilish mumkin.

Taxminiy tarkiblar:

"Manchester Siti": Ederson – Uoker, Stounz, Otamendi, Mendi – Fernandino – Sane, D. Silva, De Bryuyne – Jezus, Aguero.

"Liverpul": Minole – Arnold, Lovren, Matip, Robertson – Jan, Xenderson, Veynaldum – Mane, Firmino, Salax.

O'ynamaydi: Sterling – Lallana, Bogdan, Klayn, Ingz, Koutino.
So'roq ostida: Gyundogan, Kompani - …



Qiziq:

- "Manchester Siti" APLda "Liverpul"ga qarshi oxirgi 8ta uy uchrashuvidan faqat bittasida yutqazgan (4 g'alaba, 3 durang, 1 mag'lubiyat);
- "Manchester Siti" APLda oxirgi 23ta uy uchrashuvidan bor yo'g'i bittasida imkoniyatni boy bergan (13 g'alaba, 9 durang, 1 mag'lubiyat);
- Serxio Aguero "Liverpul"ga qarshi Premer-liga doirasidagi so'nggi beshta uchrashuvning har birida gol urgan.



Murabbiylar fikrlari:

Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"):
"Liverpul"ga qarshi bahs qanchalik qiyin o'tishini tushunaman. Ular hamisha chempionlikka davogar bo'lib kelishgan va shundayligicha qoladi. "Liverpul" va "Manchester Yunayted" Angliya va Evropadagi eng omadli jamoalardan hisoblanadi".

Yurgen Klopp ("Liverpul"): "Biz "Manchester Siti"ga o'zlari o'rgangan futbolni o'ynashga imkon bermasligimiz kerak. Bu amalga oshirishimizga to'g'ri keladi. Bu "Siti" uchun oddiy o'yin bo'lmaydi. Biz ko'p himoyalanishimizga to'g'ri keladi. Har ikki klub qarshi hujumda juda kuchli".


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика