So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  3 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

Gvardiola o'zi uchun eng noqulay raqibga qarshi. “Manchester derbisi" oldidan PREVYU Yangiliklar

Gvardiola o'zi uchun eng noqulay raqibga qarshi. “Manchester derbisi" oldidan PREVYU

Bugun Manchester shahri ikkiga bo'linadigan kun. Angliya chempionati 11-turida “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qiladi.

Eng tarixiy derbilardan biri shiddatli o'tishi shubhasiz. Hamshaharlar shu vaqtgacha o'zaro bir-biriga qarshi 186 o'yinda to'qnash kelgan:

MYU – 75 g'alaba

Durang – 53

“Man Siti” – 55 g'alaba

To'plar nisbati – 267:251 “qizil iblislar” foydasiga

Agar statistikani olib qaralsa, Ole-Gunnar Sulsher “ko'klar” ustozi Pep Gvardiola uchun murabbiylik faoliyatidagi eng noqulay raqib hisoblanadi. O'zaro 8 o'yinning 4 tasida norvegiyalik mutaxassisning qo'li baland kelgan bo'lsa, bir o'yinda murosa yo'li tanlangan. SHuningdek, yana 3 bahsda Pep ustunlik qilgan.

Qizig'i, MYU APL doirasida o'tgan oxirgi 4 derbining birortasida yutqazmadi:

07.03.21

“Man Siti” – MYU 0:2

12.12.20

MYU – “Man Siti” 0:0

08.03.20

MYU – “Man Siti” 2:0

07.12.19

“Man Siti” – MYU 1:2

“Manchester Siti” chempionat jadvalida 20 ochko bilan 3-o'rinda borayotgan bo'lsa, “Manchester Yunayted” 17 ochko to'plagan holda 5-pog'onadan joy olgan.

APL joriy mavsumida gol+pas sistemasi bo'yicha jamoalarning eng yaxshi futbolchilari:

Pol Pogba – 7 assist

Brunu Fernandesh – 4 gol va 3 assist

Gabriel Jezus – 2 gol va 5 assist

Krishtianu Ronalduning “Siti”ga qarshi o'yinlardagi natijasi qanday?

Portugaliyalik “Tumanli Albion”ga qaytganidan keyin ilk bor derbida maydonga tushadi. Bungacha u “shaharliklar”ga qarshi “Real” hamda MYU safida 14 uchrashuvda qatnashib, 9 tasida g'alabaga erishgan, 2 bor durang o'ynagan va uch marta mag'lub bo'lgan. 36 yoshli forvard hisobida 5 ta gol (bittasi penaltidan) va 3 ta assist bor.

Instagram'dagi maxsus “Angliya futboli” storisida o'tkazilgan so'rovnomada natijalariga ko'ra, ko'pchilik kuzatuvchilar “Old Trafford”dagi bo'lajak bahsda maydon egalari zafar quchishiga ishonmoqda:

MYU – 71 foiz

“Siti” – 29

Tahminiy tarkiblar ("The Guardian" talqini)

Diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi: Pol Pogba – Emerik Lyaport

Jarohatlanganlar: Viktor Lindelef (so'roq ostida), Edinson Kavani, Rafael Varan – Kayl Uoker (so'roq ostida), Ferran Torres

O'yindan oldingi fikrlar:

Gvardiola: “Ronaldu 75 yoshida barbekyuda ham gol uradi”

Gvardiola: “Futbol – bu “copy+paste" emas”

Sulsher: “Yunayted” – Manchester va ehtimol dunyodagi birinchi raqamli klub"

Manchester United

Premier League . 11-tur

06/11/2021, 17:30

2
:
0
Tugadi

Manchester City

Eric Bailly - 7', Bernardo Silva - 45'

Stadion: Old Trafford, 73086 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
46'  Eric Bailly (Jadon Sancho)
67'  Mason Greenwood (Marcus Rashford)
73'  Luke Shaw (Alex Telles)
80'  Fred (Donny van de Beek)
90'  Cristiano Ronaldo
7'  Eric Bailly
45'  Bernardo Silva
45'  Joao Cancelo
48'  Joao Cancelo
58'  Bernardo Silva

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика