Gvardiola: "Messigacha Ronaldinoga o'xshashini ko'rmaganman"
20 jan 2018 12:57
Yangiliklar
Gvardiola: "Messigacha Ronaldinoga o'xshashini ko'rmaganman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shu hafta faoliyatini yakunlagan braziliyalik hujumchi Ronaldino haqida fikr bildirdi.
Ronaldino "Barselona"da porlaganida, Gvardiola kataloniyaliklarni shug'ullantirar edi. 2008 yilda Pep ko'k-anorranglilar ustoziga aylandi, braziliyalik esa klubni tark etdi.
"Ronaldino - klubning qadrini ko'tarish uchun eng ko'p harakat qilgan futbolchi.
Laportadek ajoyib prezident qo'l ostida va Ronaldinodek futbolchi bilan klubning yo'nalishi o'zgardi.
U ko'p yillar davomida fantastik o'yin ko'rsatdi va chempionat va CHempionlar ligasida g'olib bo'ldi. Ronaldino - boshqa darajadagi futbolchi.
Messigacha "Barselona"da Ronaldinoga o'xshashini ko'rmaganman. Uning o'yinlarda g'alaba qozonish sifati juda ajoyib edi" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar