Gvardiola keyingi mavsumdan A Seriya klubini boshqarishi mumkin
02 apr 22:25
Yangiliklar
Gvardiola keyingi mavsumdan A Seriya klubini boshqarishi mumkin
Murabbiy yangi klubga o'tishi mumkin.
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola keyingi mavsumdan "Milan"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda Corriere della Sera va La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda. Buning uchun "Milan" klubi Gvardiola bilan juda yaxshi aloqalarda bo'lgan Fabio Paratini sport direktori etib tayinlashi kerak.
Malum bo'lishicha, Paratichi "Milan" bilan allaqachon og'zaki kelishuvga erishib bo'lgan. Yangi mavsumdan u "Milan"da ish boshlaydi. Gvardiolaning jamoaga kelishi oson bo'lmasligini hamma tushunib turibdi, ammo buning ehtimoli mavjud. Hozirgi paytda esa klub bosh murabbiyligiga "Marsel" ustozi Roberto De Dzerbi asosiy nomzod bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar